SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
91112131415
16171819202122
23242526272829
3031     
O‘zbekistondagi ommaviy radiostansiya ishga tushirilgan kun
1927-02-11

1927 yil 11 fevralda O‘zbekistondagi ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar boshlangan.

 Radioeshittirish, radioeshittiruv – Toshkentda tajribaviy radioeshittirishlar 1926 yil Toshkentda o‘tkazilgan. 1927 yil 11 fevralda quvvati 2 kVt bo‘lgan  ommaviy radiostansiya ishga tushirilib, muntazam radioeshittirishlar boshlangan. 1929 yildan doimiy radiogazeta eshittirishlari berilgan. 1930 yil quvvati 20 kVt bo‘lgan RV-II radiostansiya ishga tushirilgan.

                Respublika radiosining eshittirishlari 4 dastur bo‘yicha olib boriladi. 1-dasturda asosan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy-ma’naviy mavzulardagi eshittirishlar (“O‘zbekiston”), 2-dasturda yoshlar uchun eshittirishlar (“Yoshlar”), 3-dasturda axborot va musiqiy eshittirishlar (“Mash’al”), 4-dasturda esa rus, qozoq, tatar, uyg‘ur va qrimtatar tillarida eshittirishlar olib boriladi (“Do‘stlik”). Yuqoridagilar bilan bir qatorda respublikamizda bir qancha xususiy, nodavlat radiostansiyalar ham faoliyat ko‘rsatmoqda (“Vodiy sadosi”, “Oriyat-Dono” va boshqa).

                O‘zbekiston radiosi chet ellar uchun ham muntazam eshittirishlar berib boriladi. Respublika miqyosidagi eshittirishlardan tashqari, 1971 yildan Toshkent shahar va viloyat tinglovchilari uchun har kuni Toshkent shahar va Toshkent viloyat Radioeshittirish bosh tahririyati tayyorlagan eshittirishlar berilyapti.

 

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan