SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2021
YaDuSeChPaJuSh
124567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Qorboboning tug'ilgan kuni
1999-11-18

18 noyabrda Rossiyada rasmiy ravishda qorboboning tug'ilgan kuni o'tkaziladi. Qish sehrgarining yoshi aniq 2000 yoshdan oshiqroq. Qorboboning nomini ham bolalar o'ylab topishgan. Madomiki, aynan Rossiyaning Velikiy Ustyug shahrida haqiqiy qish 18 noyabrdan boshlanadi. Velikiy Ustyug 1999 yil rasmiy ravishda Rossiya qorbobosining Vatani deb nomlandi. Bu bayramga katta tayyorgarlik ko'riladi. Bu kuni alohida pochta qutilari ochilib, butun tabriklar ana shu pochtaga tashlanadi. Bu imkoniyatdan maxalliy bolalar va sayyohlar ham foydalanadilar. Vaholanki, zamonaviy qorbobolar hozirgi vaqt bilan yurishga majbur. Shuning uchun ular yangi texnologiyalardan xabardor bo'lishlari kerak. Hozirgi vaqtda qorbobolar bolalar yuborgan xatlarni elektron pochtalardan oladilar va uyali telefon orqali gaplashadilar. Qorboboning yordamchilari unga har yili yangi kashta tikilgan liboslar sovg'a qiladilar. Tug'ilgan kuni bilan tabriklash uchun uning qarindosh urug'lari va do'stlari keladilar. Finlandiyadan Santa-Klaus, Yakutiyadan qorbobo Chisxan, Chexiyadan qishki ertakchi Mikuloli, Kostromadan Qorqiz va Vologda, Moskva, Nijniy Novgoroddan rasmiy delegasiyalar keladilar. Velikiy Ustyug shahrining markaziy maydonida bayram tadbirlari bo'lib o'tadi. Bayram archasining chiroqlari yoqiladi. Тadbirdan keyin Qorbobo boshqa shaharlarga borib, bolalar bilan birgalikda ularning archa chiroqlarini yoqib, o'yin-kulgi qilib, ularga sovg'a ulashadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan