SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Siti-Go-San—Yaponiyada bolalar bayrami kuni
0000-11-15

15 noyabrda yoki 15 noyabr keladigan haftada Yaponiyada chiroyli, yorqin rangdagi kimono kiyib olgan bolalarni shoshib ota-onalari, buvi-buvalari bilan yaqin o'rtadagi cherkovga ketayotganlarini ko'rish mumkin, chunki shu kuni hammaga sevimli bo'lgan qadimiy Yapon bayrami Siti-Go-San nishonlanadi. buning tarjimasi oddiy: Siti-bu etti, Go-bu besh, San-bu uch. Bolalar bayrami 300 yillik tarixga ega bo'lib, bu kun 3,5,7 yoshga to'ladigan bolalarning umumiy tug'ilgan kuni deb atash mumkin. Bu toq sonlar qadimdan Yaponiyada sirli hisoblangan, o'sayotgan bolalarda bu yosh muhim va keskin burilishlar bosqichi hisoblanadi. Siti-Go-San bayramiga ko'plab udumga aylanib ketgan marosim va rasm-rusumlar ham qo'shilib ketadi. Uch yoshga to'lgan bolalar va qizlar uchun qadimiy va muhim marosimlardan biri kamioki “sochni asrash” marosimi hisoblanadi. Chiroyli va uzun sochlar yaponlarning g'ururi hisoblangan, shuning uchun qadimiy yaponiyada bolalarning sochlari uzun bo'lishi uchun ularni yoshligidan sochlarini kalga olishgan. Kamioki kuniga bolalarning gardaniga sochlarini bog'lab qo'yish uchun ularning sochlari o'stiriladi. O'rta asrlarda oliy tabaqali oilalarning o'g'il bolalari uch yil xakam-keng taxlamli shimlar kiyishgan. keyinchalik bu besh yil o'tkaziladigan bo'lgan. Аynan shu yoshda samuraylar bolalarga kattalar qatoriga qo'shilayotgan va hukmron sinf vakili sifatida qarashgan. Qiz bolalar uchun yetti yosh eng muhim sanalib, bu kunda ularning kimonosiga “o'spirin” belbog'-obi bog'lashadi. Bu obi-toki deb nomlanadigan marosim (belbog'ini almashishi) katta bo'lish ramzi hisoblanadi va qizlar birinchi marta ayollarday kiyinishadi. Umuman olganda yetti yosh Yaponiyada muhim bosqich hisoblanadi, bola tug'ilishi bilan uyga samoviy zotning o'zi yoki uning elchisi tushadi. Yetti yoshgacha bo'lgan bolalar-bu oddiy odam emas deb hisoblashgan. Shuning uchun yaponlar yosh bolalarni har qanday injiqliklarini ko'tarishgan. Yaponiyadek bolalarni taltaytirib o'stirish boshqa hech joyda uchramaydi. Lekin yetti yoshdan keyin oddiy odamga aylanishadi va talabchanlik va qattiqqo'llik bilan tarbiyalash davri boshlanadi. Siti-Go-San bayramida bolalar-kichik hukmronlar hisoblanishadi. Ota-onalar bolalarni hayotida bu bayram, esda qoladigan va yorqin iz qoldiradigan kun bo'lib qolishiga harakat qilishadi. Bayramning asosiy odatlaridan biri bu-cherkovni ziyorat qilish: ota-onalar bayramona yasanib olgan o'g'il va qizlarini cherkovga olib kelishadi, ularni sog'lom va bahtli bo'lib o'sayotganlari uchun xudoga minnatdorchilik bildirishadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan