SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Polyak kompozitori Frederik Shopen Londonda o'zining oxirgi konsertini bergan kun
1848-11-16

Friderik Shopen  (1810.22.2, Jelyazova Volya, Varshava yaqinida-1849.17.10, Parij)-polyak kompozitori, pianinochi, musiqiy romantizmning yirik vakili, milliy kompozitorlik maktabi asoschisi. Bolaligidan nodir iste'dodga ega bo'lib, ilk asarlari 7 yoshida nashr etilgan, 8 yoshida pianinochi sifatida konsert bergan. 1830-31 yillar Venada, 1831 yildan Parijda yashab, 1830 yillar o'rtalaridan asosan ijod bilan shug'ullangan.1848 yilda Buyuk Britaniyaga gastrolga boradi, qirolicha Viktoriyaga o'z ijodidan bahramand qiladi va Manchester, Glazgo, Edinburgda konsert beradi. 1848 yil aprelda konsertlar uyushtirish va dars o'tish uchun Londonga yo'l oladi. Bu uning oxirgi sayohati bo'lib qoldi. Uzoq vaqt asabiy va zo'riqib ishlash, britaniyaning nam havosi va surunkali o'pka kasaligi, uning butun kuchini olib qo'ygandi.Tomoshabinlar oldidagi oxirgi konserti 16 noyabr 1848 yil Gildxollda bo'lib o'tdi. Shopenning kuchi shu darajada kam ediki, u faqat bir soat konsert bera oldi. Bir haftadan keyin Parijga qaytib keldi va 17 oktyabr 1849 yilda o'zining Parijdagi Vandom maydonida joylashgan uyida vafot etdi.Shopenning xalqchil, vatanparvarlik, romantik ijodi polyak musiqasini jahonga tanitdi. Noyob ijrochilik mahoratiga ega bo'lgan Shopen fortepiano musiqasining ifoda va texnik imkoniyatlarini kengaytirdi, milliy ommabop raqs shakllarini badiiylashtirdi. 1927 yildan Varashavada Shopen nomidagi xalqaro pianinochilar tanlovi o'tkazilmoqda.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan