SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
May 2018
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202123242526
2728293031  
Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Kristian Andersen tavallud topgan kun
1805-04-02

Daniyaning jahonga mashhur ertakchisi Hans Andersen 1805- yilda Odens shahrida dunyoga keldi. Bolaning otasi kavushdo'z, onasi esa kir yuvuvchi bo'lib ishlar edi. Shuning uchun Hans kambag'allar maktabiga o'qishga kiradi. Oradan uncha ko'p vaqt o'tmay, ularning oilasi Kopengagenga ko'chadi. Bolaning yashash sharoiti va o'qishi bu yerda ancha-muncha yaxshi bo'ladi. Bo'lajak yozuvchi 1823-yilda Slagels maktabiga o'qishga kiradi, undan keyin Xelsingyorda ta'lim oladi. 1828- yilda esa Kopengagen universitetiga o'qishga kiradi.Andersen juda ko'p mamlakatlarni kezib chiqadi. Fransiya, Shveysariya, Italiya, Gretsiya va Ispaniya singari joylarga sayohat qiladi.Andersenning ijodi 20- yillarning boshlaridan boshlanadi. U dastlab lirik she'rlar, roman, drama, yo'l ocherklari, biografik etudlar yaratadi.“Daniyalik Xolger”, „Qor malikasi", vatanparvarlik ruhi bilan yo'g'rilgan „Daniya —mening vatanim", ozodlik g'oyasi mujassamlangan „Soqchi", ,,Shiron asiri" va boshqa she'rlari poeziya janrida yaratgan eng sara asarlari jumlasiga kiradi.Andersen o'z romanlarida (“Improvizator”,  “T bo'lgan yoki bo'lmaydi") zamonasi uchun juda muhim bo'lgan voqealarni qamrab olishga harakat qiladi.Uning ijodi ko'p qirrali va rang-barangdir. Ayniqsa, tarix va ertak asarlari yosh kitobxonlar uchun maroqlidir. „Ertaklar" (1835 - 1855), „Yangi ertaklar" (1843 - 1872) va boshqa kitoblari Andersenning nomini juda mashhur qildi va uni jahonga tanitdi.Andersen bu kitoblarni yaratishda xalq og'zaki ijodidan unumli foydalandi, ularning orzu-umidlarini qog'ozga tushirishga harakat qildi. Ertaklardagi xarakter va jonli nutqni yanada mukam-mallashtirishga erishdi. Shuning uchun Andersen yaratgan ertaklar sodda, kitobxon uchun tushunarii bo'lish bilan birga, o'quvchilar xotirasida uzoq vaqt saqlanish xususiyatiga ham ega.Andersen ertaklarida ko'pincha bosh qahramon shahzoda ham emas, malika ham emas, balki oddiy mehnatkash xalqdir. Ular o'zlarining samarali mehnati, aql-idroki, axloq-odoblari bilan kitobxon tahsiniga muvaffaq bo'ladilar. Uning Qo'ng'iroqli girdob, Kumush tanga, Kolbasa sixidan sho'rva, Go'ng qo'ng'iz va boshqa ertaklari fikrimizga yorqin misol bo'la oladi. Ertakchining Qo'ng'iroqli girdob" asarini olib ko'raylik. Unda asrlar mobaynida ezilgan, og'ir mehnat va zulmdan tinka-madori qurigan mehnatkash xalq vakili Blakenning o'z xo'jasiga qarshi turishi kitobxonni quvontiradi. “Dyumchaxon”, “Irkit o'rdakcha”, “Botqoqlik shohining qizi”, “Baqa”, “Burga bilan professor” singari ertaklari o'zbek kitobxonlarining ham sevimli asarlariga aylanib ketgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan