SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Faylasuf, olim, jamoat arbobi Mo’minov Ibrohim tavallud topgan kun
1908-09-07

Mo’minov Ibrohim Mo’minovich  (1908.7.9, hozirgi Shofirkon tumani Tezguzar qishlog’i  - 1974.22.7, Toshkent) - faylasuf, olim, jamoat arbobi, O’zbekiston FA akademigi (1956), O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1959), falsafa fanlari doktori (1950). Buxoro bilim yurtida o’qigan (1925-27). Samarqand Pedakademiyasining ijtimoiy - iqtisodiy fakul’tetini tugatgan (1931), shu yerda o’qituvchi bo’lib ishladi. Pedakademiya O’zbekiston universitetiga aylantirilgach, filolog, keyinchalik tarix fani dekani, kafedra mudiri (1933-55). 1955-56 yillarda O’zbekiston FA Tarix va arxeologiya instituti direktori. 1956 yildan akademiyaning vitse - prezidenti. Ayni vaqtda O’zbekiston FA Falsafa va huquq instituti direktori (1958-59), O’zbekiston “Bilim” jamiyati boshqaruvi raisi (1958 yildan). O’zbek sovet ensiklopediyasining birinchi bosh muharriri (1968 yildan).

        Mo’minovning ilmiy faoliyatiga sho’rolar mustabid tuzumi o’z ta'sirini ko’rsatgan bo’lsa-da, biroq, uning tadqiqotlari markazida Sharq, xususan, Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy-falsafiy hamda ilmiy-tabiiy fikrlari muammolari turganligi natijasida, alloma falsafaning o’ta siyosiylashuvi, uni hukmron mafkura xizmatiga tamomila bo’ysundirish xurujlarini chetlab o’tish imkoniyatiga ega bo’ldi. U Navoiydan tortib, Ahmad Donishgacha bo’lgan yirik mutaffakirlar ijodini tahlil qildi. Ayniqsa, Bedil ijodini chuqur o’rganib,  uning merosini tushunishni ancha yengillashtirdi. Mo’minovning “Amir Temurning O’rta Osiyo tarixida tutgan o’rni va roli” asari (1968) , umuman Amir Temur shaxsini ilmiy o’rganish tashabbusi bilan chiqishi olimning ilmiy jasorat va yuksak vatanparvarlik fazilatini yorqin ifodasi bo’ldi. Mo’minov G’arb falsafasini, rus mutafakkirlari ijodini ham o’rgandi.  Gegel dialektikasining ratsional mag’zini ko’rsatib berdi.

     Mo’minov O’zbekistonda ilm fanning yirik tashkilotchisi. U, ayniqsa ijtimoiy fanlarni rivojlantirishga, yangi tadqiqot muassasalarini tashkil etish, ilmiy kadrlar tayyorlashga katta hissa qo’shdi, uning rahbarligida turli fan sohalari bo’yicha yirik asarlar nashr etildi. Mo’minov O’zbekistonda falsafa maktabiga asos soldi.

        Beruniy nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1967).

      Toshkentdagi ko’chalardan biriga O’zbekiston FA Falsafa va huquq institutiga  Buxoro va Shofirkon shaharlaridagi ko’chalar, maktablar, Shofirkon tumanidagi shirkat xo’jaligiga  Mo’minov nomi berilgan. Mo’minov vafotidan so’ng “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2003).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan