SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
O’zbekiston xalq rassomi, teatr rassomi Alibekov Islom tavallud topgan kun
1945-04-15

Alibekov Islom Maybasovich (1945.15.04, Chuguchak, XXR) - teatr rassomi, O’zbekiston xalq rassomi (2001). N.V.Gogol nomidagi Olmaota rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). Qoraqalpoq yosh tomoshabinlar teatrida rassom (1969-1973), 1975 yildan Qoraqalpog’iston davlat musiqali drama teatrida rassom, bosh rassom. Alibekov Islom o’z ijodi bilan teatr dekoratsiya san'ati rivojiga sezilarli hissa qo’shdi. «Qashqar qizi», «Beruniy», «Seni topaman», «Jumagul», «Suymaganga suykanma», «Berdaq», «Onalar» kabi spektakllar uchun sahna bezaklari hamda liboslar eskizlarini yaratdi; u, shuningdek, haykaltaroshlik asarlari («Sharshara», shamot, 1981; «Avtoportret», shamot, 1982 va boshqa), rangtasvirda portretlar («Q. Soipov portreti», «Shoir S.Nurumbetov portreti», «Aktyor portreti» va boshqa) hamda manzaralar («Oydin kechalar», «Qishloq manzarasi», «Tog’ manzarasi», «Yomg’irdan so’ng» va boshqalarni) ham yaratdi, badiiy asarlar (T. Qaipberganovning «Qoraqalpoq qizi» asari va boshqalar)ga bezaklar ishladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan