SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516181920
21222324252627
28293031   
Universal bilim sohibi Leonardo Da Vinchi tavallud topgan kun
1452-04-15

Leonardo Da Vinchi 1452.15.04, Vinchi, Florensiya yaqinida - 1519.02.05, Turen, Fransiya) - Universal bilim sohibi, serqirra ijodkor va kashfiyotchi, Leonardo da vinchi Italiyadagi uyg’onish davrining eng buyuk arboblaridan edi. Uning otasi badavlat shaharlik bo’lib, onasi oddiy dehqon qizi edi. Leonardo da vinchi har tomonlama qobiliyatli kishi edi – u daho rassom va olim, muhandis – ixtirochi, arxitektor va haykaltarosh, musiqachi va shoir edi.Leonardo da vinchi bolalik chog’idan boshlab o’zini hamisha ishtiyoq bilan mehnat qilishga, mehnatni sevishga odatlantirdi. Qiyinchiliklar uning irodasini buka olmasdi – uchragan qiyinchiliklarni yengish uchun u o’zida kuch-quvvat topardi. U o’z shogirdlariga: “Baxt qunt bilan ko’p mehnat qilgan kishiga keladi” – deb aytardi.Rassomlik san’atini Leonardo da Vinchi san’atning asosiy turi deb hisoblar edi. U rassomlik san’ati yordamida odamlar dunyoni bilib oladi deb, bu san’atga tadqiqotchi sifatida yondashar edi. Buyuk olim inkivizitsiyaning g’azabiga uchrashidan qo’rqmay, yashirin ravishda murdalarni yorib ko’rardi; u rasmlarda odamning gavdasini to’g’ri tasvirlash uchun uning tana tuzilishini bilib olishga harakat qilardi. Leonardo da Vinchi chizgan rasmlarida uning o’zi sevgan va kuzatgan hayot tasvirlangan. U uzoq- uzoq vaqt ko’cha va chorrahalarda yurib odamlarni diqqat bilan kuzatar va ularning rasmini naturadan (o’ziga qarab) chizardi. Bu rasmlarda odamning tana harakati, ularning xafalik yoki shodlik alomatlarini juda ustalik bilan tasvirlardi va bu rasmlar odamni o’ziga jalb etardi.Leonardo da Vinchi yorug’likning soyaga aylanishini eng nozik, sezilar –sezilmas farqlarini g’oyat yuksak mahorat bilan aks ettirardi. Uning chizgan chizgan rasmlarida narsalarning tashqi ko’rinishi xiraroq rang bilan yumshatilgan. U tasvirlagan narsalarining hajmi haqidagi taassurotga ularning yorug’ va soya joylarini muvofiq rangda aks ettirish bilan erishardi. Buning natijasida rasm xuddi asl qiyofasidek ko’rinardi.Leonardo da Vinchi rassom sifatida hamma narsadan ko’ra ko’proq kishilarga va ularning ruhiy kechinmalariga ko’proq e’tibor berardi. Leonardoning chizgan rasmli “Mona Liza” (yoki“Jokonda”) – shaharlik yosh juvon portreti butun jahonga mashhurdir. Rassom bu rasmda yosh juvonning faqat tashqi qiyofasinigina emas, balki xarakterini, kayfiyatini ham juda yaxshi aks ettirgan.Leonardo da Vinchi o’z ilmiy kashfiyotlari va farazlari bilan o’z zamondoshlarida ancha oldinga o’tib ketdi. U kuzatishlar asosida ilmiy xulosalar chiqardi. U ko’proq “Donishmandlik – tajriba mahsuli” deb o’z shogirdlariga uqtirardi. U shunday der edi: “Hayotda mehnat qilgan insonga samarali o’lim nasib etadi, xuddi kun bo’yi ishlab samarali uyquga ketgan kishidek”.Matematikaga asoslanmagan har qanday ilm safsatadir” U dengiz suvining ko’tarilishi va pasayishini, qushlarning uchishini kuzatardi, ko’zning tuzilishini o’rganardi. U asosan, tabiat o’ta murakkab biror qonun asosida yartilgan va uni boshqarayotgan qandaydir kuch mavjud deb bilardi.Leonardo da Vinchi fan yordami bilan kishilarning mehnatini yengillatishni orzu qilardi va bu borada ko’p ishlarni amalgam oshirdi. Zamondoshlari unga muhandisligi uchun ham yuksak baho berardilar: uning loyihasiga binoan Milan shahrini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan kanal qurildi, ko’priklar qurildi. Leonardoning yozuv daftari turli rasmlar va chizmalar bilan to’la edi. Bu daftarlarda: tokarlik va to’qimachilik dastgohlari ham, ip yigirish charxi ham, yer kovlagich mashinalarini ham, turbinalar va yuk ko’targich asboblarni ham ko’rish mumkin. Leonardo da vinchi parashyut va vertolyot, suv osti kemasi va g’avvoslar kiyimi loyihasini tuzgan.Leonardo da Vinchi oriyatli zo’r va mustaqil fikrli kishi bo’lgan. O’z davridagi amaldorlarning va rahbarlarning adolatsizligi Leonardoga yoqmagan. Chunki u haqqoniylikni sevardi, haqiqatparvar edi. Shu sababdan bo’lsa kerak, U butun umr bo’yi sarson –sargardonlikda yurib, begona yurtda, Fransiyada vafot etdi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan