SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Dekabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
345689
10111213141516
17181920212223
24252627282930
31      
Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni
1994-06-27

1994 yil  27 iyundan boshlab xar yili O‘zbekistonda   Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni  nishonlana boshlandi. Bu kasbiy bayram O‘zbekiston Respublikasi prezidenti I. Karimovning 1993 yil 24  iyun farmoniga binoan ta’sis qilindi. Bu bayram nafaqat soha xizmatchilari, balki ularning ijod va mehnat mahsulidan bahramand bo‘layotgan mushtariylar, barcha ziyolilar tomonidan mamlakatimizda qutlug‘ bayram sifatida nishonlanib kelinmoqda. Matbuot va ommaviy axborot vositalarining hayotimizdagi o‘rni va ta’siri ortib, xalqmiz o‘rtasida “To‘rtinchi xokimiyat” sifatida tobora katta ishonch va xurmat qozonib borayotgan ekan, buning negizida jurnalistlar, muharrirlar, noshirlar, matbaa sohasi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya tarmoqlarining ming-minlab zahmatkash ishchi-xizmatchilarining kundalik og‘ir va ser mashaqat mehnati mujassamdir. Matbuot, televidiyeniye, turli axborot vositalarining-bugungi globallashuv zamonida jahon miqyosida  barcha-barcha o‘lkalar va xalqlar hayotida hal qiluvchi o‘rin o‘rin olayotgan bu sohaning tobora oshib borayotgan ahamiyati va tasiri kattadir. Mamlakatimizda ommaviy ahborot vositalari soni 1991-yilga nisbatan 3,5 barobar  ortib, 1326 taga yetdi. Bugun bosma nashrlarning qariyb 53 foizi, tele va radiokanallarning 64 foizdan ziyodi, veb – saytlarning esa 98 foizdan ortig‘i nodavlat ommaviy ahborot vositalaridir.Mamlaatimizda yashaydigan millat va elatlarning to‘qqiz tilida bosma nashrlar faoliyat yuritmoqda, ko‘p tilli veb-saytlar soni ham oshib bormoqda.Telekommunikatsiyalar tizimi suniy yo‘ldosh orqali dunyoning 180 mamlakatiga 28 yo‘nalish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladigan xalqaro  kanallarga ega. Respublika fuqarolari fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqi,o‘zi istagan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqlari bilan ta’min etilganligi mustaqil rivojlanish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston Respublikasi xalqlarining muhim siyosiy yutug‘idir. Mat’buot va ommaviy axborot vositalarining, ularda mehnat qilayotgan jurnalistlarning huquqiy maqomi, kasbiy faoliyatiga doir bir qator qonunlar qabul qilindi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan