SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi tashkil topgan kun
1996-04-26

1996 yil 26 aprel – O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qumitasi tashkil etildi. Atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida qonunlar ishlab chiqadigan va ularning ijrosini ta'minlaydigan, xullas shu sohadagi eng asosiy tashkilot bu - O'zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasidir.Qo'mita respublikada atrof-muhitni muhofaza qilish borasida qilinayotgan ishlarning barchasi uchun javob beradi va boshqa tashkilotlar tomonidan atmosfera, suv manbalari, o'simlik va hayvonot olamiga zarar yetkazilmasligini nazorat qiladi.Atrof-muhitga o'z vaqtida va zarur yordam ko'rsatish uchun qo'mita respublikaning barcha viloyatlarida o'z bo'limlariga ega.Qo'mitaning 2 ta ilmiy-tadqiqot instituti bor, birida («SuvGEO» Toshkent ilmiy-tadqiqot instituti) yer osti va yer usti suvlarini muhofaza qilish bo'yicha izlanishlar olib boriladi, ikkinchisida esa («Atmosfera» ilmiy-tadqiqot instituti) -atmosfera havosini muhofaza qilish bo'yicha tadqiqotlar o'tkaziladi.Ushbu institutlardan tashqari Qo'mitaning «Suv xo'jaligi ekologiyasi» deb nom olgan ilmiy markazi bor. Markaz Orol dengizi qurib borishi va respublikamiz hududidan oqib o'tayotgan daryolar ifioslanishi bilan bog'liq bo'lgan muarnmolarni hal etish masalalari bilan shug'ullanib keladi.Qo'mita yangi quriladigan korxonalarning atrof-muhit uchun qay darajada xavfli ekanligini aniqlash maqsadida ularning barcha loyihalarini tekshiruvdan o'tkazadi, zarur hollarda ushbu korxonalarning ekologik xavfsizligini ta" minlash uchun tavsiyalar beradi. Respublikamizda birorta ham korxona Davlat ekologiya ekspertizasining xulosasisiz qurilishi mumkin emas.Bosh gidrometeorologiya va tahliliy nazorat nozirligi atrof-muhit holatini doimiy ravishda kuzatib keladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan