SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Avstraliya shahriga asos solingan kun
0000-06-02

2 iyun (sana 2014 yil uchun) Avstraliya hududining uchdan bir qismida- g’arbiy Avstraliya shtatida  har yili o’tkaziladigan rasmiy bayram - Avstraliyaga  asos solingan  kun (Foundation Day). Shtat yozgi va qishki vaqtlarga o’tmasligi bilan mashhur. Rasmiy ravishda asos kuni shu yerda 1 iyunda nishonlanadi, lekin, urf-odatga ko’ra, bayram chora-tadbirlari iyunning birinchiga dushanbasiga to’gri keladi. Garbiy Avstraliya aholisi o’zining tarixiga juda ham jiddiy qarashadi. Va  o’z ildizlarini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchunki, ularda asos kuni bor. 1829 yili 1 iyunda  g’arbiy sohildagi  birinchi kuchib kelganlar o’zlarining Britaniyadan Yashil kontinentga,  Svan  daryosidagi koloniyaga,  sayohatlarini  tugatishdi. Ular kapitan Jeyms Stirling boshkaruvidagi "Parmeliya" (Barque Parmelia) kemasida yetib kelishdi. Kuchli shamol bir qancha kun sayohatchilarni qirg’oqqa oyoq qo’yishga bermadi va ular o’zining yangi yerini  suvdan turib o’rganishgan. Garchi ular qirg’oqqa rasmiy ravishda keyinroq tushgan bo’lsalarda, 1 iyun mamlakat  g’arbiy qismi aholisi uchun asos solingan kun bo’ldi. G’arbiy Avstraliya bugun - bu 200 xil millat, 170 tilda gapiradigan  va deyarli 100 xil dinga e’tiqod qiladigan 2 million kishi. Eslatamiz, 26 yanvar Yashil kontinentda yana bir muhim bayram -  Avstraliya kuni nishonlanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan