SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist yozuvchi, dramaturg Erkin Samandar tavallud topgan kun
1935-03-22

Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935.22.03, Xiva tumani) - yozuvchi, dramaturg. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan jurnalist (1989). Xorazm pedagogika institutining o’zbek tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1957). Xorazm viloyat radioeshittirish qo’mitasi o’zbek eshittirishlari tahririyati muharriri (1959-1961), O’zbekiston KP Xorazm viloyat qo’mitasida ishlagan (1963-1967; 1990). O’zbekiston televideniyesi «Yoshlik» studiyasi bosh muharriri (1967-69), Dasturlar direktori (1969-1975), adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri (1975-1977). «Xorazm haqiqati» gazetada bo’lim mudiri, bosh muharrir (1961-1963; 1977-1990). O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari (1990-1993). Birinchi she'riy kitobi - «Amu jilolari» (1966). Shundan keyin Erkin Samandarning o’ndan ortiq she'riy to’plamlari nashr etilgan. Erkin Samandar, shuningdek, «Osmonning tosh tulpori», «Oltin sandiq», «Erk sadolari», «Ishqiy maktublar» kabi dostonlar muallifi. Tarixiy mavzularda bir qancha sahna asarlari ham yaratgan («Javohir», 1980; «Ajdodlar qilichi», 1985; «Bashorat», 1994; «Jaloliddin Manguberdi», 1999; «Arabmuhammad Bahodirxon», 2002). «Pahlavon Mahmud Piryorvaliy» (1995), «Suyanch» (1996), «Ming otlilar diyori» (2003) singari qissa va badialari ham bor. «Daryosini yo’qotgan qirg’oq» (1988), «Tangri qudug’i» (1994) va boshqa romanlari zamonaviy o’zbek romanchiligi rivojida o’ziga xos o’rin tutadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan