SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Tarixchi olim, professor Soliyev Bulat tavallud topgan kun
1882-03-22

Soliyev Bulat  Majidovich (1882.22.03, Astraxon - 1937.13.10, Toshkent) - tarixchi olim, prof. (1926). Qozon va Ufa shaharlaridagi madrasalarda o’qigan. 1909 yildan Turkiston o’lkasi qishloqlarida maktablar ochib, o’qituvchilik qilgan. 1917-1918 yillar nashr etilgan «El bayrog’i» gazetasining muharriri. Qo’qonda o’qituvchilar seminariysi va Farg’onada qishloq maktablari uchun o’qituvchilar tayyorlash kurslarini tashkil qilishda qatnashgan (1918). 1919-1920 yilarda Toshkentda turli o’quv yurtlari va kurslarda ishlagan. 1923- 1924 yilarda Buxoroda nashr etilgan «Maorif» jurnalistining muharriri. 1925- 1927 yillarda Moskvadagi qizil professorlar institutida o’qigan va Sverdlov nomidagi unstitutning tarix fakultetini tugatgan, ayni vaqtda Markaziy nashriyotida ilmiy xodim. 1927 yilidan Samarqandda Oliy pedagogika instituti professor, mazkur institutda O’rta Osiyo tarixi kafedrasini tashkil qilib, O’rta Osiyo tarixidan dars bergan. «Qizil qalam» adabiy jamiyati a'zosi. 1936 yilidan O’zbekiston fanlar qo’mitasidagi O’zbekiston tarixi va adabiy bo’limi boshlig’i. Soliyev Bulatning ilmiy faoliyati Sharq mamlakatlari, xususan, O’rta Osiyo tarixi,  va iqtisodiyotini o’rganishga bag’ishlangan. 1937 yil qatag’on qilingan va otib tashlangan. 1956 yil oqlangan. Samarqanddagi ko’chalardan biri Soliyev Bulat  nomi bilan ataladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan