SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223252627
282930    
Fransuz yozuvchisi, dramaturg Marten dyu Gar tavallud topgan kun
1881-03-23

Marten dyu Gar  Roje (1881.23.03, Nyoyisyur-Sen - 1958.23.08, Bellem) - fransuz yozuvchisi, dramaturg. Dastlabki asari - «Shakllanish»da o’z tarixi - yozuvchilikka intilib, arzigulik bir nima yozolmagan odam tarixi tasvirlangan. Keyingi «Jan Barua» (1913) romani Marten dyu Garga shuhrat keltirgan. Asar o’sha vaqtlar uchun yangi bo’lgan dialog va tarixiy hujjatlarni chog’ishtirish usulida yozilgan. Eng yirik asari -«Tibo oilasi» (1922-1940, 8 jiltli) o’zining tafsilotlari, bosh personajlarining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Asar oilaviy solnoma (oila tarixi) tarzida boshlanib, keyin 20-a. boshlaridagi Fransiya hayotining keng haqqoniy manzarasi tasvirlangan siyosiy romanga aylanib ketgan. Marten dyu Gar  bu asari bilan oilaviy solnoma janrini boshlab bergan («Kulrang daftar», 1922; «Axloq tuzatish koloniyasi», 1922; «Tush payti», 1923; «Shifokorlar kuni», 1928; «Singilcham», 1928; «Otamning o’limi», 1929; «1914 yil yozi», 1936; «Xotima», 1940). Marten dyu Gar  1940 yilidan keyin «Polkovnik Momora» epopeyasi ustida ishlagan, lekin asar yakunlanmay qolgan. Nobel mukofogi laureati (1937).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan