SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Rus adibi publisist faylasuf Gersen Aleksandr tavallud topgan kun
1812-03-25

Gersen Aleksandr Ivanovich (taxalusi Iskandar) (1812.25.03 Moskva – 1870.09.01, Parij; Nissada dafn qilingan) – rus adibi, publisist, faylasuf, revolyusion – demokrat. Moskva institutini bitirgan (1833). 1836 yilidan Iskandar taxalusi bilan matbuotga qatnashgan. Londonda “Erkin rus bosmaxonachisi”ni tashkil etgan (1853). “Fonda yuzakilik” (1842-1843), “Tabiatni o’rganish to’g’risida maktublar” (1845-1846) asarlari rus matearialistik falsafalarini an’analarining qaror topishi va taraqiyotida samarali o’rin tutadi.Gersen Aleksandr Belinskiy izidan borib, san’atda tanqidiy realizm  tamoyillarini qo’llab - quvatlagan.Sa’natning hayot  bilan uzviy bog’liqligini ta’kidlab, ilg’or g’oyalarini targ’ib etishda adabiyotni siyosiy minbar deb hisoblagan. “Sa’nat uchun” degan nazariyaga, shuningdek naturalizmga qarshi kurashgan. “Kim ayibdor” (1841-1846) , “Doktor Krupov” (1847), “O’g’ri zag’izg’on” (1948)asarlar muallifi. “Kechmish va o’yinlar” avtobiyografik asari (1852-1868) Gersen Aleksandr badiiy ijodida markaziy o’rin tutadi. Asar rassiyada inqilobiy harakat tarixini real va badiiy yortib bergan. Gersen Aleksandrning ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan (“O’g’ri zag’izg’on” 1955). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan