SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Iyun 2023
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 
O’zbekiston xalq artisti Rahimova Gulora tavallud topgan kun
1948-03-25

Rahimova Gulora (1948 25.03, Bog’ot tumani Bog’ot qishlog’i) - aktrisa, xonanda. O’zbekiston xalq artisti (1992). Urganch pedagogika institutini tugatgan (1970). 1973 yilidan Ogahiy nomidagi musiqali drama teatrida ishlaydi. U avval yakkaxon xonanda, keyinroq spektakllarda bosh rollarda chiqa boshlagan. Gulsanam (Uyg’un, «Beruniy»), Nurxon (K. Yashin, «Nurxon»), Saidabegim (Shalomayev, «Ibn Sino»), Shohsanam (Ayyomiy, «Oshiq G’arib va Shohsanam»), Layli (Navoiy, «Layli va Majnun»), Munavvar (H. Muhammad, «Toshkentning nozanin malikasi»), Ketavani (N. Dumbadze, «Quyoshni ko’rayapman»), O’g’iloy (K. Avaz, «Marvarid taqqan ayol»), Gulasal (P. Telegenov, «Toshlar tilga kirganda»), To’maris (N. Salayev, «To’maris»), Gulsumbonu (E. Samandar, «Arab Muhammadjon»), Durdava («Avesto») kabi rollarni ijro etgan. Xonanda sifatida «Feruz», «Samarqand ushshog’i», «Faryod», «Guluzorim», «Dug’oh», «Buxoro to’lqini» kabi mumtoz hamda «O’zbekiston», «Vatan» kabi zamonaviy qo’shiqlar, laparlarning mohir ijrochisi Rahimova Gulora haqida videofilm (rej. H. Qahramonov) suratga olingan (1999).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan