SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, kompozitor Tojiyev Mirsodiq tavallud topgan kun
1944-03-25

Tojiyev Mirsodiq Mahmuybvich (1944.25.03 - Toshkent - 1996.08.06) - kompozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi (1981). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1970). Toshkent musiqa bilim yurtida o’qituvchi (1965-1970),  «Go’zal» va «Shodlik» ansambllari, O’zbek davlat filarmoniyasi badiiy rahbari (1971-1979), O’zbekiston bastakorlar uyushmasi raisi (1982-1987), Toshkent konservatoriyasi o’qituvchisi, dotsent (1971- 1996). Tojiyev Mirsodiq o’zbek musiqa merosi (jumladan, maqom an'analari) negizida badiiy yetuk asarlar yaratishga muvaffaq bo’lgan. Tojiyev Mirsodiq o’zining 3-, 9-, «Somon yo’li» trilogiyasi (15-17-) va «Qahramonlik» (19-) simfoniyalari bilan milliy simfonizm rivojiga katta hissa qo’shgan. Shuningdek, «Shoir muhabbati» simfonik poemasi, kamer orkestr uchun yozilgan 7-, 8-, 12-, 18- simfoniyalari, «O’zbekiston» poema-faxriya (B.Boyqobulov), «Ko’hna Samarqand yuragi» nurli-tovushli musiqali panorama kabi asarlari mashhur. Tojiyev Mirsodiq yaratgan musiqiy-sahnaviy asarlari orasida «Chollar va kampirlar» (H. Sharipov), «Qaydasan, jon bolam» musiqali komediyalari, «Kumush» (Abdulla Qodiriyning «O’tgan kunlar» romani asosida) operasi va boshqalar. Kamer musiqa, xalq cholg’ulari orkestri uchun «Tantana», «Sarafroz» va boshqa asarlar muallifi. «Kompozitor Mirsodiq Tojiyev» hujjatli filmi suratg’a olingan (2000, rej. A. Fatxullin). Ayrim asarlari gramplastinkalarga yozilgan, 3-(M., 1989), 7-8-(T., 1986) simfoniyalari nashr etilgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan