SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   134
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Xalq artisti violonchelchi dirijyor jamoat arbobi Rostropovich Mstislаv tavallud topgan kun
1927-03-27

Rostropovich Mstislav Leopoldovich (1927.27.03, Boku) – violonchelchi, dirijyor, jamoat arbobi. (1966). 20-a. musiqa san'ati atoqli namoyandasi. Dastlabki musiqa saboqlarini otasidan olgan. Moskva konservatoriyasini tugatgan (1946). Moskva filarmoniyasi yakka sozandasi (1948- 1974), ayni paytda Moskva (1948-1974) va Leningrad (1967-1974) konservatoriyalarida o’qituvchi, prof. (1968), Katta teatr dirijyori (1968-1971); Vashingtondagi Milliy simfonik orkestri bosh dirijyori (1977-1994). Ijro uslubiga ko’tarinki ruh, teran mazmun, mukammal kompozitsiya hissiyoti xos. Repertuaridan violonchel uchun deyarli barcha mumtoz va yirik zamonaviy asarlar o’rin olgan. 20-asrning eng mashhur kompozitorlari (jumladan, S. Prokofyev, B. Briten, O. Messian, A. Shnitke, D. Shostakovich va boshqalar) unga bag’ishlab asarlar yozishgan. S. Rixter, E. Gilels, L. Kogan va D. Oystraxlar bilan turli ansamblda chalgan. «Rostropovich fondi», «Vishnevskaya - Rostropovich» xayriya jamg’armalarining prezidenti. Musiqa ijodi hamda xayriya faoliyati uchun 30 ga yaqin Yevropa, Osiyo, Amerika davlatlarining oliy mukofot va ordenlari bilan mukofotlangan. Jahon bo’ylab (jumladan, O’zbekistonda ham) gastrolda bo’lgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan