SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbekiston xalq artisti Ixtiyorov Baxtiyor tavallud topgan kun
1940-03-28

Ixtiyorov Baxtiyor (1940. 28. 03, Buxoro) – O’zbekiston xalq artisti (1989). Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutining musiqali drama fakultetini tugatgan (1963). Muqimiy teatrida aktyor va rejesiyor. (1959-1976), bosh rejesiyor. (1980-1988), 1976-1980 yillar A. Hidoyatov nomidagi teatrda, 1988-1991 yillar Satira teatrida bosh rej., aktyor (1991 yilidan shu teatrda aktyor, rejesiyor.). Eng yaxshi rollari: Asad («Oltin qidiruvchilar»), Ko’sa-Dov («Ravshan va Zulxumor»), Asad («Kimga to’y, kimga aza»), Abubakr («Jon qizlar»), Tohir («Ishqing bilan»), Parvoz («Ajab savdolar») va boshqalar. Kinodagi yirik rollari: Hasan («Ajoyib xayolparast»), Baxtiyor («Cho’l usti osmon»), Baxtiyor («Yor-yor»), Qo’g’irchoqboz («O’tgan kunlar»), Hofiz («Nodirabegim»), Yettinchi jin («Yettinchi jin»), Suhrob («Abu Rayhon Beruniy») va boshqalar. Rejesiyor. sifatida «Ezop» ( G. Figeyredu ), «Yolg’onchi darkor» (D. Psatas), «Jumagul» (T. Qaipberganov), «Jonim fido» (I. Rahim), «Kimga to’y, kimga aza» (N. Safarov), «Xotinimning eri» (G. Xugayev va K. Pliyev), «Otasining qizi» (Isfandiyor), «So’nggi o’q» (O’. Umarbekov), «Aka-uka sovchilar» (R. Muhammadjonov), «Layli va Majnun» (A. Navoiy), «Tohir va Zuhra» (S. Abdulla) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. Ixtiyorov Baxtiyor komik aktyor bo’lib, obraz yaratishda ifoda vositalarini tezkorlik bilan kengaytirish, voqeaning ijtimoiy mohiyatini, o’z san'ati jihatlarining hajviy tomonlarini chuqurlashtirish, bo’rttirib ko’rsatish qobiliyatiga ega. Uning hajvlari kuldiribgina qolmay, balki kulgu ortiga yashiringan dardi kishini o’ylashga majbur etadi. «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan (1999).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan