SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
O’zbek shoiri,tarjimon Miraziz A’zam tavallud topgan kun
1936-03-29

Miraziz A'zam 1936-yil 29-martda Toshkentda ziyoli oilada tug'ilgan. Otasi tarix o'qituvchisi, o'rta maktab direktori, onasi bog'cha murabbiyasi edi. Miraziz besh yasharligida otasi urushda halok bo'ldi va onasi qo'lida tarbi- yalandi. Onasi Xatira Muhammadkarim qizi ko'plab ertak, qo'shiq va dostonlarni yod bilar, o'zi ham qo'shiq va allalar to'qib tashlardi. Shuningdek, u o'g'lining tarbiyasini mustahkamlash uchun o'sha urush davrining og'ir yillarida badiiy kitob o'qishga, kino va teatrlarga borishiga imkon yaratardi.Yosh Miraziz o'rta maktabni oltin medal bilan tamom- lagach, oliy tahsilni Toshkent davlat universitetida oldi. Keyin yangi ochilgan telestudiyada muharrirlik qildi. Bir necha yil „G'uncha" jurnalida adabiy xodim bo'lib ishladi. Shundan so'ng yoshlar nashriyotida, Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir bo'ldi.1987—1992-yillarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasida mas'ul kotib bo'lib xizmat qildi. Bundan keyingi yillarda gazetada, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiy targ'ibot markazida ishladi.Miraziz A'zam hozir shoir, nosir, taijimon, dramaturg va maqolanavis sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda.Miraziz A'zam talabalik yillaridan beri she'r yozadi. Birinchi she'ri 1960-yilda „G'uncha" jurnalida bosilib chiqqan edi. Birinchi to'plami 1964- yilda nashr etildi. Shundan keyin uning bolalar uchun „Aqlli bolalar" (1969), „Senga nima boidi?" (1970), „G'alati tush" (1972), „Yer aylanadi" (1973), „Yerga dovruq solamiz" (1976), „Bir cho'ntak yong'oq" (1990), „Qirq bolaga qirq savol" (2000) kabi qator she'riy to'plamlari bosilib chiqdi. Shoir ularda bolalarning qalbi va tuyg'ulari orqali olamni, odamni bilishga, yaxshilik bilan yomonlikni farqlashga, halol va pokiza mehnatni ulug'lashga katta ahamiyat beradi; turli imo-ishoralar bilan, kosa tagida nimkosa tarzida sho'ro imperiyasiga qaram buyuk xalqning og'ir hayotini tasvirlaydi, goh samimiy yumor bilan, goh og'riqli ichki izhorlar bilan timsollar yaratadi. U she'riyatning muhim unsurlarini hech nazardan qochirmagan holda, o'zining har bir she'ri uchun o'zgacha vazn, ichki ohang topadi va she'rining o'qimishli bo'lishiga erishadi.Miraziz A'zam bu to'plamlari orqali o'zbek bolalarining sevimli shoirlaridan biriga aylandi. Shuningdek, boshqa xalqlarning ham e'tiborini tortdi. Uning she'riy to'plamlari rus tilida uch marta nashr etildi, ukrain, turkman, mo'g'ul tillarida chop qilindi. She'riy turkumlari belorus, moldavan, qirg'iz, ozarbayjon, latish tillarida ham bosilib chiqqan.1970—1980-yillarda Miraziz A'zamning kattalar uchun „Sevaman", „Tuyg'ular", „Sabot", „Haqiqatning ko'zlari" nomli she'riy kitoblari nashr etildi. Inson hurligi uchun, haqiqat uchun, erk va mustaqillik uchun kurash bu kitob- larning asosiy g'oyalaridir. Ulardagi she'rlar o'zining hayotiyligi va jozibaliligi bilan o'quvchi qalbini zabt etadi, ulardagi muhabbat va nafrat tuyg'ulari hech kimni befarq qoldirmaydi.O'zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga olgach, Miraziz A'zam ko'proq adabiy-ma'rifiy merosni ko'z qorachig'iday asrashga da'vat etuvchi bir qator tarixiy-adabiy va tilga oid maqolalar e'lon qildi, shuningdek, bolalar va o'smirlar uchun kichik sahna asarlari yozdi. „Qardoshlik yo'llarida (Yassaviy)", „Buxoriy darsi", „Ulug'bek va o'g'li Abdurahmon", „Ulug'bek- ning kulgusi" pyesalari shular jumlasidandir.Miraziz A'zamning jahon adabiyotidan qilgan taijimalari ham e'tiborga loyiqdir. U Farididdin Attor, Jaloliddin Rumiy, Nizomiy Ganjaviy, Abdurahmon Jomiy asarlarini, rus, nemis, fransuz, ingliz, turk, italyan shoirlarining ko'plab she'rlarini, shuningdek, jahon bolalar she'riyati namunalarini o'zbek tiliga mahorat bilan taijima qildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan