
Shved kimyogari va mineralogi Yons Yakob Berselius 1779 yil 20 avgust sanasida Veversunda dunyoga keladi. 1802 yil Upsal unversiteti meditsina doktoriri, 1807 yil Stokgolm unversiteti professori, 1808 yilda esa Stokgolm FA a'zosi, 1810 yilda prezidenti va 1818 yildan doimiy kotibi bo’lib ishlaydi. Atomizm nazariyasini tajribada asoslash, uni rivojlantirish va kimyoga tatbiq etishda kimyogarning xizmati katta bo‘ldi. Oksidlarni analiz qilib, karrali nisbatlar qonunini boyitdi. 1818 yilda 46 element atom massasi kirgan jadvalini e'lon qildi. Kimyogar nazariy qarashlarining asosi kimyoviy yaqinlikning elektr tabiati haqidagi ta'limotdir. Berselius Gizipger bilan birgalikda barcha tuzlar kislota va asoslardan iborat degan xulosaga keladi. Ikkala olim turli minerallarni tekshirib, 1803 yil seriyni, 1817 yil selenni, 1828 yil toriyni ochishadi. Berselius 1824-1825 yillarda erkin holdagi kremniy, titan, tantal va sirkoniylarni birinchi bo‘lib oldi. 1815 yil ba'zi bir organik kislotalarning formulalarini ko‘rsatib berdi. Kimyogar 1848 yil 7 avgust kuni Stokgolm shahrida vafot etadi.
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.