
“Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi –O’zbekiston Fan tizimidagi ilmiy
-ma'rifiy muassasa. O’zbekiston respublikasi prezidentiningt “Qatag’on
qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001 yil 1 maydagi farmoni
asosida Toshkent shahrida “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui 2002 yil 31
avgustda barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimyati davrida vatan ozodligi
yilidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatag’on etilgan vatandoshlar
xotirasini adabiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiy-tematik
ekspozitsiyasi kuydagi 7 bo’limdan iborot, 19 asrning qrtalarida Turkistonning
Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo’zg’olonlari,
Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va
20 yillardagi qatag’on, “Quloqlashtirish” kompaniyasi 30 yillarda, 30
yillardagi qatag’on, 40-50 yillardagi qatag’on, 80 yillardagi qatag’on. Mustaqil
O’zbekistonda qatag’on qurbonlari xotirasining e'zozlanishi. Muzeyning asosiy
vazifalari quyidagilar: qatag’onchilik siyosatining paydo bo’lish sabablari va
oqibatlarini tadqiq e’tish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi
sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqorolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik
va adolat tantanasi uchun kurashishgan fidoiy ota- bobolarimizning xotirasiga hurmat
ruxida tarbiyalash, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod
etish bilan bog’liq ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ’ib
etish, qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini o’rganish, ilmiy-ijodiy
merosini to’plash, nashirga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini
mamlakatimiz hamda horijdagi turli hujatlar va boshqalar. Eksponatlar bilan
muntazam ravishda boyitish borish. Muzey “Shahidlar xotirasi” hayriya jamg’armasi
bilan hamkorlikda “Qishloq fojiasi”
“Abdulla Qodiriy” (S. Mirvaliyev), “Cho’lpon” (N. Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori
Abdurashidxonov va Botuvning “Tanlangan asarlar” ini nashr etgan, O’zbekiston hujjatli
va badiiy filmlar kino studiosi hamda “Ozbektelefilm” studiosi bilan hamkorlikda
“Barhayot xotira” , “Armoniy yillar ko’zgusi”, “Fidoiy olim”, “Mirtemir”
singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me'moriy
inshootlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov
tashabbusi va g’oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan. Bino ananaviy me'morlik
uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq) qurilib, milliy bezaklar bilan
ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20x20 m.), balandligi 20m. Gumbazli
(balandligi
Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2005.