SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Fransuz faylasufi Dekart Rene tavallud topgan kun
1596-03-31

Dakart Rene (lot. nomi - Karteziy; 1596.31.03, Lae, Turen - 1650.11.02, Stokgolm) - fransuz faylasufi, matematigi, fizigi, fiziologi. La-Flesh iyezuit kollejida ta'lim oldi, yunon va lotin tillarini, matematika va falsafani o’rgandi. 1629 yilida Niderlandiyaga ko’chib bordi, fan bilan shug’ullanadi. Qirolicha Xristina taklifi bilan 1649 yilida Shvetsiyaga boradi va o’sha joyda vafot etadi. Dakart Rene falsafasi uning matematikasi, kosmogoniyasi, fizikasi bilan bog’liq. Matematikada analitik geometriya asoschilaridan biri (to’g’ri burchakli koordinatalar tizimi uning nomi bilan ataladi), o’zgaruvchi miqdor va funksiya tushunchasini bergan («Geometriya», 1637), bir qancha algebra belgilarini joriy qilgan. «Dioptrika» (1637) asarida yorug’lik nurining ikki muhit chegarasida sinishi haqidagi qonunni bayon qilgan. Harakat mikdorining saqlanish qonunini ta'riflagan. Osmon jismlarining yuzaga kelishi va harakati materiya zarralarining uyurma harakatidan deb tushuntiruvchi nazariya (D. uyurmalari) muallifi. U fiziologiyaga oid bir qancha tajribalar o’tkazdi va birinchi bo’lib shartsiz refleks haqidagi tasavvurni yaratdi. Dakart Rene fazo materiya bilan to’la, materiyasiz fazo yo’q, deb tushundi. Dakart Rene falsafasi asosida jon va tana, «fikrlovchi» va «ko’lamli» substansiya dualizmi yotadi. Materiyani ko’lam (yoki fazo) ga tenglashtirgan, harakatni jismlarning o’z joyini o’zgartirishidan iborat deb bilgan.Dakart Rene fikricha, harakatning umumiy sababchisi xudo bo’lib, u materiya, harakat va osoyishtalikni yaratgan. Inson jonsiz a'zoi badanni tafakkurga va irodaga ega bo’lgan jon bilan bog’lab turadi. Dakart Rene falsafasi xudo, jism va jondan iborat uchta tug’ma g’oya bor degan qoidaga asoslanadi. U xudoning mavjudligini, tashqi olamning realligini isbotlashga harakat qilgan.Dakart Rene g’oyasiga ko’ra, insonning mohiyati uning fikrlashidadir. «Fikrlayapman, demak mavjudman» degan fikri shundan kelib chiqqan. Uning fikricha, ilmda ishonchli, isbotlangan, tajribada tekshirilgan dastlabki asos ikki yo’l bilan - birinchisi induksiya va analiz orqali, ikkinchisi - deduksiya va sintez orqali izlab topiladi. Dakart Rene ikkinchi yo’lni ma'qul yo’l deb hisoblaydi. U inson aql-idrokining bilish jarayonidagi o’rniga yuksak baho beradi. «Har bir xulosaga shubha bilan qarash kerak», deydi u. Har jihatdan ratsional faylasuf bo’lgan Dakart Rene 17-18-a. falsafasi va fani taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shdi. Uning falsafa va tabiatshunoslikka oid ta'limotlari ta'sirida vujudga kelgan ilmiy maktablar majmuasi karteziychilik falsafasi nomi bilan mashhur bo’ldi. Asosiy asarlari: «Geometriya» (1637), «Metod haqida mulohazalar» (1637), «Falsafa asoslari» (1644) va boshqalar.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan