Rus sayyohi va geografi Prjevalskiy Nikolay tavallud topgan kun
1839-03-31

Prjevalskiy
Nikolay Mixaylovich [1839.31.03, Smolensk
gubernyasi Kimorovo qishlog’i - 1888.20.10, Qirg’iziston, Prjevalsk (hoz.
Qoraqo’l)] - rus sayyohi va geografi, Markaziy Osiyo tadqiqotchisi,
general-mayor (1886), 1867-1969 yillarda Ussuri o’lkasiga, 1870-1873 yillarda
Mongoliya, Xitoy va Tibetga ekspeditsiya uyushtirgan. 1876-1885 yillarda
Markaziy Osiyoga 4 marta ekspeditsiyaga borgan. Prjevalskiy Nikolay o’zi tekshirgan
hududlarning relyefi, iqlimi, daryo va ko’llari, o’simliklari va hayvonot
dunyosini tavsiflab bergan. Markaziy Osiyodagi asosiy tog’ tizmalarining
yo’nalishini aniqlagan. Ekspeditsiyalar davrida zoologiya, botanika va
mineralogiyaga doir kolleksiya va etnografiyaga tegishli ma'lumotlarni
to’pladi. Podsho hukumati O’rta Osiyo hududlarini bosib olishda Prjevalskiy
Nikolay to’plagan ma'lumotlardan unumli foydalangan. Prjevalskiy Nikolay
asarlari ko’pgina xorijiy tillarga tarjima qilingan. Markaziy Osiyo va
Alyaskadagi bir nechta tabiiy ob'yektlar, bir qancha hayvon va o’simlik turlari
Prjevalskiy Nikolay nomi bilan atalgan
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Zamonaviy pitsa Neapolda ixtiro qilingani haqida bilasizmi? Dengiz otchalari haqida bilasizmi? Samalyot haqida bilsizmi? Samalyot haqida bilsizmi? Kitsimonlar oilasi haqida bilasizmi?