SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Geolog olim Mavlonov G‘ani Orifxonovich tavallud topgan kun
1910-01-15

Mavlonov G‘ani Orifxonovich (1910.15.1 – Toshkent – 1988.12.3) – geolog olim, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1960), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1970). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1955), professor (1957). Ikkinchi jahon urishi qatnashchisi. O‘rta Osiyo industrial institutini tugatgan (1935). 1940-41 yillarda shu institutda dekan, dotsent. O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Geologiya institutida ilmiy xodim (1946-49), laboratoriya mudiri (1949-55) va direktor (1956-60).  Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti direktori (1960-66). 1966-yildan o‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Seysmologiya instituti direktori.

                Ilmiy ishlari lyos va lyossimon jinslarning genetik tiplari, muhandislik geologik xususiyatlari, fizik-mexanik xossalariga bag‘ishlangan. Mavlonov O‘rta Osiyoda tarqalgan to‘rtlamchi davr yotqiziqlarini yoshiga qarab to‘rt davrga bo‘ldi va ularning tarqalgan maydonlarini xaritaga tushirdi (1949). Toshkent zilzilasidan keyin seysmologiyaga oid tadqiqotlar bilan shug‘illangan. Jumladan, Toshkent shahar va shahar atrofini seysmik mikrorayonlashtirish xaritasini, 1978-yil “O‘zbekistonni seysmik rayonlashtirish” xaritasini yangi tahrirdagi variantini tuzish ishlariga  rahbarlik qilgan. Zilzilalar jarayonida yer osti suvlari va gaz tarkiblarining o‘zgarishi haqida ilmiy kashfiyot muallifi. Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981). Mavlonov nomiga Toshkent shahrida ko‘cha, Seysmologiya instituti qo‘yilgan, shu institutda mavlonovga bag‘ishlangan muzey (1990) mavjud.

 

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005

 

 

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan