Ali Ardobus (Ibrohimov Ali Fayzullaho‘jaevich)
(1900.15.1, Qizilo‘rda – 1959.9.11, Toshkent) – raqqos va baletmeyster, aktyor,
pedagog, O‘zbekistonda (1944) va Qorqalpog‘istonda (1943) xizmat ko‘rsatgan artist.
Qizilo‘rda ritmik gimnastika studiyasini (1917), Xalq Maorifi Komissarligi qoshidagi
Toshkent teatr studiyasining xoreografiya bo‘limini (1921) tugatgan. Yusufjon qiziq
Shakarjonov, Mahkam hofiz, Orif garmon Toshmatov,Chervonxon, O‘ktamxon, Qumrixon kabilardan o‘zbek raqs harakatlarini
o‘rgandi. 1981 yilning sentyabridan Toshkentdagi Mannon Uyg‘ur rahbarligidagi teatrda
ish boshlaydi. Ali Ardobus ko‘proq balet va raqs bilan shug‘ullandi. 20- yillarda
“Latifa”, “Yallami yorim”,” Qashqarcha”,”Ufori Toshkent”, “Gul o‘yin”, “Zang o‘yini”,
“Qayroq o‘yin”, “Doira o‘yini”, “Afg‘oncha” kabi xalq raqslarini o‘zlashtirib, ularning
sahna turini yaratdi. Ali Ardobus Dushanba musiqa – teatr studiyasini
(1929-30), “Tog‘ burgutlari” raqs studiyasi va etnografik ansamblini (1930-33),
Olmaota raqs studiyasini (1934), Uyg‘ur musiqali drama teatrini (1935), O‘zbek filarmoniyasining
ashula va raqs ansamblni (1937-41) tashkil etishda faol qatnashgan. 1943-45 yillarda
Qoraqalpog‘istonda raqs studiyalari va ansambllar tashkil qilib, milliy xalq o‘yinlari
asosida birinchi qoraqalpoq sahna raqslarini yaratgan. O‘zbekistonda teatr va raqs
havaskorligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan. Toshkent, Samarqand, Andijon,
Namangan va boshqa shaharlarda havaskorlik to‘garagi tashkil qilgan. Sahnalashtirilgan
eng yaxshi raqslari: “Nog‘or”,”Raqs”,”Bayot” kabi yakka, “Uyg‘urcha”, “Qoraqalpoqcha”,
“Samarqandcha to‘y” (syuita), “Urgut beshqarsagi” va boshqa ommaviy raqslar.
O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi T:. 2000