Fransuz grafik rassomi Dore (Dore) Gyustav tavallud topgan kun
1832-01-06

Dore (Dore) Gyustav 1832 yil 6 yanvarda Strasburgda tavallud topgan. Fransuz grafik
rassomi. Illyustrasiya ustasi. Dore ijodi kamolotida O.Dome san'atidan
ilhomlangan. Romantik xususiyatga ega bo'lgan jo'shqin tasviriy, hajviy
illyustrasiyalari, hayotiy qiziq voqealar, engil yumorli asarlari bilan
hikoyanavis usta rassom sifatida shuhrat qozongan. F. Rable (“ Gargantyua va
pantagryuel”, 1854), O.Balzak (“ Qiziq hikoyalar”, 1855-56), Dante (“Ilohiy
komediya”, 1861), Servantes (“Don Kixot”, 1862-63) va boshqa asarlari Injil
(1864-66)ga ishlagan rasmlarida Dorening nihoyatda boy xayoloti va o'ziga
xosligi namoyon bo'lgan. Maishiy janrda asarlar yaratgan (“Ko'prikdagi
qashshoqlar. London”, 1873 va boshqa), haykaltarosh sifatida ijod qilgan (A.
Dyuma yodgorligi, bronza, 1882 va boshqa). 1883 yil 23 yanvarda Pаrijda vafot etgan.
O'zbekiston milliy ensiklopediyasi T:.2002
Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? 1-Oktabr ustoz va murabbiylar kuniga ishlangan bayram tadbirining ssenariysi. YOGURTNI KIM O’YLAB TOPGAN? Yulduzlar kunduzi qaerga g’oyib bo’ladi? Nega yomg’ir ayrim kunlar yog’adi…? "Yerning tili" yoki geografik joy nomlari Zirhli mashinalarni kim o’ylab topgan?