SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141517181920
21222324252627
28293031   
Arab yozuvchisi, faylasuf, rassom Jubron Xalil Jubron tavallud topgan kun
1883-01-06

Jubron Xalil Jubron (1883.6.1, Livan, Bshirro qishlog‘i – 1931) – arab yozuvchisi, faylasuf, rassom. Arab, ingliz tillarida ijod qilgan. Ilk ijodi romantik ruhda (“Halil-Kofir”, “Isyonkor ruhlar” hikoyalar to‘plamlari). “Singan qanotlar” (1912) qissasi mashhur. “Ko‘z yoshlari va tabassum” (1914) to‘plami 60 ga yaqin saj (qofiyalangan nasr) bilan yozilgan kichik she’riy parchalardan iborat bo‘lib, unga “Mening tug‘ilgan kunim”, “Shoir avlodi” kabi romantik asarlari kiritilgan. “Namoyishkorona yurish” (1918) falsafiy-she’riy asari yozuvchi dunyoqarashini aks ettirsa, “Bo‘ron” (1920) to‘plamida hayotda uchraydigan loqaydlik, boqimandalik, ikkiyuzlamachilik (munofiqlik) kabi illatlar tanqid qilinadi. “Aqldan ozgan” (1918), “Oldinda yuruvchi” (1920), “Payg‘ambar”  (1923), “Qum va ko‘pik” (1926), “Iso – inson o‘g‘li” (1928), “Yer xudolari” va boshqa asarlari G‘arb kitobxonlariga mo‘ljallangan. Jubron ijodida o‘z falsafiy qarashlarini targ‘ib qilishga harakat qilgan. Uningcha, faqat ma’naviyat eng yuksak qadriyat namunasi bo‘la oladi va ruhning buyukligini aks ettiradi. YUNESKO qarori bilan 1983 yilda butun jahonda Jubron tavalludining 100 yilligi nishonlangan.

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:.2002

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan