SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Mart 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
7910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   
Chex yozuvchisi Karel Chapek tavallud topgan kun
1890-01-09

 Karel Chapek  (1890-1938)

 Chex yozuvchisi Karel Chapek 1890 yil  9 yanvar kuni tug‘ilgan.

1915 yilda Praga universitetining falsafa fakultetini tugatgan. 1921- 22 yillarda Praga teatrida rejissyor, keyinchalik butunlay yozuvchilik va jurnalistika bilan shug‘ullangan.

«Krakonot bog‘i» (1918) hamda «Shu’lavor tubsizliklar» (1916) to‘plamlariga kirgan dastlabki hikoyalarini akasi Iosif Chapek (1887-1945) bilan hamkorlikda yozgan. «Chormixga tortish» (1917) va «G‘amgin hikoyalar» (1921) to‘plamlaridan joy olgan hikoyalarida urush yillarining sertashvish muhiti, kishilararo munosabatlardagi ziddiyatli manzaralar aks ettirilgan. «Qaroqchi» (1920) lirik komediyasida o‘zi e’tiqod qo‘ygan «har kim o‘zicha haq» falsafasini badiiy yoritishga harakat qilgan.
                Chapek nomini, asosan, ijtimoiy-fantastik mazmundagi asarlari dunyoga yoygan. Temirtan (robot; «robot» so‘zini Chapek o‘ylab topgan)lar qo‘zg‘olonidan hikoya qiluvchi «R. V. R.» (1920), «Mikropulosning quroli» (1922) dramalari, «Absolyut fabrikasi» (1922) va «Krakatit» (1924) romanlarida yuksak insonparvarlik borasidagi o‘y-mushohadalarini bayon etgan. «Adam savdogar» pyesasi (1927; akasi bilan hamkorlikda), «Cho‘ntakdagi hikoyalar», «Boshqa cho‘ntakdagi hikoyalar» (1929) o‘tmishdagi adabiy va diniy syujetlar asosida yozilgan. «Apokriflar»da ana shu holat seziladi. «Gordubal», «Meter», «Oddiy hayot» (1933—34) romanlaridan iborat b  trilogiyasini yaratgan. «Salamandrlar bilan jang» (1916) romani Chapek ijodining cho‘qqisi hisoblanadi. «Oq kasallik» (1937), «Qutqaruvchi» (1937), «Ona» (1938) kabi qissa va dramalar  muallifi.                Chapek hozirgi zamon ijtimoiy fantastikasiga samarali ta’sir ko‘rsatgan, uning badiiy olamini boyitgan.

 

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan