Burmakin
Vladimir Ivanovich (1938.9.1,Toshkent) – rassom, O‘zbekiston
Badiiy Akademiyasi haqiqiy a’zosi (1997), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at
arbobi (1981). Respublika rassomlik bilim yurti (1957) va Toshkent teatr va rassomlik
san’ati instituti (1965)ni tugatgan. Burmakinning mahobatli, ayniqsa, dastgohli rangtasvir borasidagi izlanishlari, voqeaband
tasvirlari, serjilo obrazlari diqqatga sazovor. Ayollar ruhiy holati jonli ifodalangan
portretlar (“Boysun go‘zali”, 1968; “Elvira”, 1983 va boshqa), rangdor, bezak mujassamotlar
(“Intizor ayollar”, 1962; “Ota”, 1973; “Darаxt haqida qo‘shiq” triptixi, 1975;
“Kimning oti yaxshiroq?”, 1979; “O‘zbekistonning hozirgi fan arboblari”, 1984 va
boshqa), “Farhod va Shirin” (hamkorlikda) devoriy rasmlari va boshqani yaratdi.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:.
2001