
Ja’fariy Ali Sardor (1913.29.2, Balrampur, Ganda okrugi) – hind yozuvchisi, jamoat arbobi. Urdu tilida ijod qiladi. Dehlidagi universitetni tamomlagan. “Hind xalq teatrlari Assotsiatsiyasi”ning asoschilaridan biri. “Yangi dunyoga salom!” (1947), “Olamning quyoshi” (1950), “Yana bitta orzu” (1965), “Qon da’vati” (1978) kabi she’riy to‘plamlar va dostonlar muallifi. “Bu kimning qoni?” (1943) pesasi fashizmga qarshi ruhda yozilgan. Urdu adabiyoti uchun yangilik bo‘lgan “oq she’r” va boshqa uslubiy yo‘nalishlarda samarali ijod qilgan. “Taraqqiyparvar adabiyot” (1951) nomli kitobida hind adabiyoti tarixini ilg‘or ijtimoiy-estetik nuqtai nazardan tahlil etgan. Mirzo G‘olib, Mir Toqi Mir kabi urdu adabiyotining yirik namoyandalari asarlarini to‘plab, nashr ettirgan.
O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:.2002