SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2022
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272829  
Ingliz biolog Medavar Piter Brayan tavallud topgan kun
1915-02-28

Medavar Piter Brayan (1915.28.2, Rio-de Janeyro – 1987.2.10) – ingliz biologi, London Qirollik jamiyatining a’zosi (1949). Oksford universitetining Modlin kollejini tugatgan (1938). Ilmiy izlanishlari to‘qimalarni o‘stirish muammolari, shuningdek, organizmning to‘qimalarni ko‘chirib o‘tqazish (transplantatsiya)ga beradigan javob reaksiyasini tadqiq etishga oid. U “orttirilgan immunologik tolerantlik” hodisasini kashf etgan. Medavar “Individiumning noyobligi” (1957), “Insonning kelajagi” (1960) va boshqa falsafiy asarlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1960, M. Byornet bilan hamkorlikda).

 O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi.T.,2005

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan