SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
Naqqosh Ilhomov Anvar tavallud topgan kun
1946-08-20

Ilhomov Anvar 1946 yil 20-avgustda Tosghkent shahrida tavallud topgan. Naqqosh. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi. P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida ta’lim olgan. “Usto” birlashmasida naqqosh bo’lib ishlagan. Ilhomov zamonaviy binolarni an’anaviy naqshlar bilan bezashda kulollik buyumlari, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi san’atining uyg’unligiga erishdi. Naqqoshlikda unutilgan kundal usulini rivojlantirishga katta hissa qo’shdi. Naqshlar mujassamotida esa ranglarning bir-biriga mayin bog’lanishini ta’minladi. Toshkentdagi Xalqlar Do’stligi saroyining banket zali, “Dilorom”,  “Yulduz”, “Sirdaryo” qahvaxonalarini, To’qimachilar madaniyat saroyi, Guliston shahridagi Sirdaryo teatri, Germaniyaning Ganover shahridagi “Turkliston restorani, Toshkentdagi “Turkiston” saroyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Imom Buxoriy majmuasi, Quva shahridagi Buxoriy majmuasi, Quva shahridagi Ahmad Farg’oniy  majmuasi va boshqa binolarni bezadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. 2002.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan