
1974 yil 7fevral - Grenada Mustaqilligi kuni
Grenada – Karib dengizidagi Grenada oroli va Grenadina
orollari janubiy qismidagi davlat. Maydoni 344,5 km2. Aholisi 98,9 ming kishi (1999). Poytaxti –
Sent-Jorjes shahri. Ma’muriy jihatdan 7 tumanga bo‘lingan.
Tabiati. Grenada orollari
vulkanlardan hosil bo‘lgan. Hozir ham bu yerda bir necha vulkan cho‘qqilari bor
(eng baland nuqtasi 840 m). Iqlimi – subekvatorial, dengiz iqlimi. O‘rtacha
yillik temperatura 260 atrofida, yillik yog‘in 1500 mm dan oshadi. Sernam
tropik o‘rmonlari doimo yashil.
Aholisining 50% dan ko‘prog‘i
negrlar, 40% duragaylar; indeyslar va yevropaliklar ham yashaydi. Rasmiy tili –
ingliz tili. Dindorlar – asosan xristianlar. Shahar aholisi – 32%.
Tarixi. Orolni 1498 yil X. Kolumb kashf etgan. 1650 yildan Fransiya egallagan. 1783 yil Versal sulh shartnomasiga binoan Buyuk Britaniya mustamlakasi. 1967 yilda Buyuk Britaniya uni “Buyuk Britaniya bilan birlashgan davlat” deb e’lon qildi. 1974 yil fevralda mustaqillikka erishdi.