SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2018
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232426272829
30      
Xitoyda Yuansyao fonuslar bayrami
0000-02-14

14 fevralda   X –asrdan  Xitoyda  Yuansyao  fonuslar bayramida  turfa rangdagi fonuslar yoqish odat tusiga aylangan. Fonuslar bayrami oy taqvimi bo‘yicha birinchi oyning 15chi kuni nishonlanadi. Odatda shahar markazida turli  shakldagi  rang-barang  fonuslar osiladi, ularning ko‘rinishi va  shakllari  turli jonivorlar, gullar va mevalarni aks ettiradi.  Chekka hududlarida mushakbozliklar, yog‘ochoyoqlarda yurish,  ajdarlar o‘yini,  “yange”  xorovodlari , arg‘imchoqda uchish va boshqa turli tadbirlar bo‘lib o‘tadi. Fonuslar bayrami  Yangi yil kutib olinishi bilan yakunlangan.  XI asrga kelib bu bayram  Xitoyning hamma yerida nishonlana boshlagan.  Bu kuni  yopishqoq guruch shakarlangan meva bilan tayyorlangan “yuansao” tayyorlanadi. Ular dumaloq shaklda bo‘lib, oila jamligi va birligini  anglatadi. Bu bayramda  fonuslarga yozilgan topishmoqlarni topish odat tusiga kirgan. Afsonaga ko‘ra, vafot etganlar ruhi  yerga tushib, o‘zlarining yaqin insonlari bilan   Yangi yilni birga kutishadi va fonuslar bayrami kuni ular osmоnga uchib ketishadi, shunda ularning yo‘lini minglab fonuslar yoritadi.     


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan