SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Mart 2023
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627283031 
Kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etilgan kun
1960-01-11

 1960 yil 11 yanvar - kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etilgan kun

 Moskva ostonasidagi Shelkovskiy tumanidagi jozibador o’rmon dahasida, poytaxtdan 40 km yaqinida kosmonavtlarni tayyorlash Markazi tashkil etilgan. 1968 yilda markazga Yuriy Gagarin nomi berilib, Yulduzli shaharcha nomini oldi. Hozirgi kunda xohlovchilar  kosmonavtlarni tayyorlash Markaziga sayohatga kelishlari mumkin.Bu yerda ko’rish mumkin:“Mir” orbital stansiyasini, dunyodagi eng katta sentrifuga SF -18 va gidrolaboratoriya GL, unda vaznsizlik holatida ish sharoitlari modellashtiriladi. Markazda Xalқaro kosmik stansiya trenajyorlari, “Soyuz” kemasi bilan tanishish va planetariyni ko’rish mumkin.

 Kosmonavt (kosmos va yunoncha nautes – dengizda suzuvchi), astronavt-kosmik kemada kosmosga parvoz qilib, kosmik texnikani sinovchi va ishlatuvchi, maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan kishi; kosmosga inson parvoz qilganidan (1961) so‘ng paydo bo‘lgan kasb. AQSh da astronavt deb ataladi. Kosmonavtda muayyan xususiyatlar (uchuvchilik qobiliyatining yuqoriligi, har xil shoshilinch vaziyatlarda tez qaror qabul qila olishlik, shovqinlar, titrashlar, tezlik va tezlanishlarning uyg‘unlashgan ta’siriga, vaznsizlikka chidamlilik, amaliy va ilmiy kuzatuvlarni o‘tkazish hamda natijalarni qayd qilib bora olishlik, jismoniy va ruhiy jihatdan barkamol bo‘lish, falokat va halokatli vaziyatlarda shoshib qolmay, yonidagilarga yordam qo‘lini cho‘zish va boshqa) mujassam bo‘lishi lozim. Shuning uchun kosmonavtlikka nomzodlar dastlab, asosan, harbiy uchuvchilar, sinovchi-uchuvchilar orasidan tanlab olingan. Keyinchalik kosmik kemalar ekipajlari tarkibiga maxsus tayyorgarlik va bilimga ega bo‘lgan olimlar va muhandislar ham kiritila boshladi. Hozir (2003) ularning qatoriga maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan sayyohlar ham qo‘shilmoqda.

                Kosmonavtika rivojlanishida o‘zbekistonlik olimlarning ham hissasi bor. O‘zbekistonda “Koinot” ilmiy ishlab chiqarish boshqarmasi faoliyat ko‘rsatmoqda (1980 yildan), O‘zbekiston Respublikasi Kosmonavtika federatsiyasi tuzilgan (1977 yildan), iqtidorli maktab o‘quvchilarining Xalqaro aerokosmik maktabi ishlab turibdi (1990 yildan, uning tashkilotchisi va rahbari akademik Sh. Vohidov). 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan