SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Rejissyor, teatrshunos Vayl Makr Yakovlevich tavallud topgan kun
1952-01-25

Vayl Makr Yakovlevich (1952.25.1,Toshkent) – rejissyor, teatrshunos. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1989). Toshkent davlat san’at institutining teatrshunoslik (1983) bo‘limini tugatgan. “Ilhom” tajriba teatr studiyasining tashkilotchisi va badiiy rahbari (1976 yildan). Mazkur teatr qoshida 1995 yil dramatik san’at maktabini ochgan.Vayl sahnalashtirgan spektakllari g‘oyaviy-badiiy yaxlit va aniqligi, o‘tkir ijtimoiyligi, sahna ifoda vositalarining serqirra va ishonarliligi bilan ajralib turadi. Spektakllari: “Revizor”, “Oppoq, oppoq qora laylaklar”, “Alvido Hayot” (Bolgariya teatirida), “Meshchanlar to‘yi” (Yugaslaviya teatrida), “Moler”, “Vavilon mehmonhonasi” (AQSh teatrlarida va boshqa).

O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi T:. 2001

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan