
Sa’dullaev Mansur Muhamadjonovich 1931 yil 14 yanvarda
Kogon shahrida tavallud topgan. Rejissyor,
pedagog. Qoraqalpog‘iston (1981) va O‘zbekiston xalq artisti (1985). Toshkent
konservatoriyasida ta’lim olgan (1953-58), Moskva teatr institutini tugatgan
(1967). O‘zbek davlat estradasi uyushmasida sozanda (1954-55), Navoiy teatrida
xonanda (1951-61), postanovkvchi-rejissyor. (1967-72). Toshkent
konservatoriyasida o‘qituvchi (1964 yildan), opera tayyorgarligi kafedrasi
mudiri (1972-85), professor (1985-96). Navoiy teatrida B.Zeydman (“O‘n ikkinchi
kecha”, 1968), I.Hamroyev (“Oyjamol”, 1969), S.Boboyev (“Yoriltosh” 1971),
R.Hamroyev (“Tong oldidan” 1972) va boshqa O‘zbekiston kompozitorlari
operalarini sahnalashtirgan.
O‘zbekiston
milliy ensiklopediyasi T:.2004