Gonkongdagi 88 etajli osmono‘par binoning tomi oxirgi konstruksiyasi montaj qilingan kun
2003-01-27

Gonkongdagi
( Syangan) eng baland 88 etajli osmono‘par 2- o‘rindagi
Xalqaro moliya markazi binosining
tomi oxirgi konstruksiyasi montaj
qilindi. Bino 5 yil ichida amerika arxitektori Sezar Pelli loyihasi bo‘yicha
qurilgan. Haykaltaroshlik toji kiydirilgan
yodgorlikni eslatuvchi 420 metrli bino «chumoli uyasi» shahrida ulug‘vor qad ko‘tardi. Etajlari – 88 ta- o‘ziga xos ma’noga ega: sakkiz raqami
xitoyliklarda baxtli raqam hisoblanadi va
8 raqamini aks ettiruvchi ieroglif «yashnash» so‘zi bilan yaqindir.