SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2019
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
141516171920
21222324252627
28293031   
Rimda ilk bor Karlo Kollodining “Pinokkio” nomli ertak kitobi nashrdan chiqqan kun
1881-07-07

Hammamizga ma’lum va mashhur “Pinokkio” ertagining muallifi Italiya bolalar yozuvchisi Karlo Lorensini o’ziga Italiyaning kichikkina Kollodi deb atalgan shaharchaning nomini taxallus qilib olgan. Karlo Kollodi nomi ostida mashhur bolalar uchun kitoblar chiqarilmoqda. O’zining “Pinokkio” nomli mashhur ertagini 1880 yilda yozishni boshlagan. Hozirgi kunga kelib mashhur va kulgili shu bilan birga achinish hissini o’zida qamrab olgan “Pinokkio, yog’och qo’g’irchoqning sayohatlari” ertagi ilk bor 1881 yil 7 iyulda Rimda “Bolalar uchun gazetalar”ning betlarida chop etila bordi,  2 yildan so’ng esa alohida nashr bo’lib chiqa boshladi. “Pinokkio” dunyo adabiyotining  eng sara bolalar va kattalar uchun mo’ljallangan ertagi hisoblanadi. Uzunburun, g’amxo’r, injiq, aqilli, tentak, yeg’loqi shu bilan birga kulgili qahramonni butun dunyo biladi. Karlo Kollodining ertagi dunyoning 87 tiliga tarjima qilingan. Rossiyada 1906 yilda ilk bor chop etilgan.  Rus yozuvchisi Aleksey Tolstoy 1936 yilda o’zining yangi turdagi “Oltin kalitcha yoki Buratinoning sayohatlari” nomli ertagini taklif etadi. Ushbu yangi turdagie ertak asosiy qahramon rolini o’zgartirdi va yangi qahramonlarni o’ziga jalb etdi. “Buratino” qisqa vaqtlar davomida ham mashhur bo’ldi. U ko’plab davomli ertaklarning, filmlarning, teatrlarning mashhur qahramonlariga aylandi. Ichimliklarning mashhur marka belgisiga ham aylanib ulgurgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan