SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Fransiyada Milliy buvijonlar kuni
0000-03-02

2 mart Xar yili mart oyining ilk yakshanba kuni Fransiyada Milliy buvijonlar kuni nishonlanadi. (Fоte des grands-mоres).Bu kuni buvilarga va 55 yoshdan oshgan barcha ayollarga xurmat va extirom ko’rsatiladi. Fransiyada taxminan minglab 65 yoshdan oshgan qariyalardan so’rovnoma o’tkazilgan. Ma'lum bo’lishicha, so’ralganlarlaning 67,3 %  oilani  muqaddas, o’z sog’ligidan va siyosiy muxitdan muximroq,  deb biladilar. 82,8% - nevaralar xayotlarining mazmuni bo’lganini ta'kidladilar. Qiziqarlisi, 48,2% kunda o’z nabiralariga uy vazifalarini bajarib berishligini ta'kidladilar. Mexribon va g’amxo’r fransuz buvijonlari shu kuni e'tibor va extiromga sazovor bo’lib, sovg’alar oladilar. Fransiya buvijonlari -yarimi 50 yoshdan oshgan bo’lishiga qaramay,  yildan yilga yasharib, faol ishlab kelmoqda. Balki, aynan shuning uchun xam , “buvijonlar kuni”  yakshanba kunida nishonlanadi.  Fransuz buvijonlari xaftada bir marta, ayrimlari, bo’sh vaqtini yarimini nevaralarga bag’ishlagan bo’lsalar xam, “buvijonlar kuni”ni sabrsizlik bilan kutadilar, chunki shu kuni barcha  farzandlari, nevaralari qurshovida bo’ladilar. Sevimli farzandlari va nevaralari sovg’alar, gullar taqdim etadilar.  Sayyoxlik firmalari bayram kunida buvijonlar va nabiralarga avtobusda tekin  sayoxatlar,  restoranlarda aloxida menyu tashkil qilib, do’konlarda alohida bo’limlar, faqat buvijonlarga chegirma asosida xarid  qilish imkoni yaratiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan