SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
5678911
12131415161718
19202122232425
2627282930  
Butunjahon yozuvchilar kuni
1986-03-03

Xar yili 3 mart kuni,  1986 yil 12-18 yanvarda   o’tkazilgan (International PEN Club),   48 chi kongressi qaroriga    asosan, Butunjahon yozuvchilar kuni nishonlanadi. Qalamkashlar-davrasi (russk.-PEN-klub) 1921 yili Londonda tashkil etilgan. Тashkilot nomi-abbreviatura, ingliz so’zlarining birinchi xarflaridan iborat Poets-shoirlar, Essayists-ocherkchilar, Novelists-romanchilar. Bu birinchi xarflardan iborat bo’lgan pen so’zining  ma'nosi Ruchka deb tarjima qilinadi..Tashkilot  tuzish fikri ingliz yozuvchisi Ketrin Emi Douson Skottga tegishli (Mrs. C.A. Dawson Scott).PEN-klubning birinchi prezidenti Djon Golsuorsi (John Galsworthy) xisoblanadi. 1923 yili Londonda birinchi Xalqaro Qalamkashlar-davrasining birinchi  kongressi o’tkazildi.   Shu vaqtda dunyoni 11ta mamlakatida xam PEN-klublar tashkil qilindi.Bugungi kunda shunday markazlar 130 davlatda faoliyat ko’rsatmoqda.Bunday  xalqaro yozuvchilar birlashmasi, PEN-klub Xartiyasida ko’rsatilganidek, “xar bir davlat va barcha davlatlar o’rtasida axborot erkinligi prinsiplarining ximoyasida turadi”. A'zolar o’z davlat va jamiyatida , xamda imkon bo’lsa,  butun dunyo miqyosida so’z erkinligiga xar shaklda ko’rsatilayotgan bosimga  qarshi kurashadilar.  PEN-klub a'zolari nashr erkinligi va  tinchlik davrida ixtiyoriy xarakatlarni nazoratini ximoyasida turadi,   qarshi PEN-klub ta'kidlashicha, insoniyat  siyosiy va iqtisodiy  rivojlanish cho’qqilariga chiqishda davlat, boshqaruv tizimi va siyosiy institutlarni erkin tanqid qilish lozim.    PEN klub a'zolari yolg’on  ma'lumot tarqatish, soxtalashtirilgan nashr bosib chiqishga qarshi kurashish  majburiyatini olgan.   Butunjaxon yozuvchilar kuni  - butun dunyoda nafaqat yozuvchilar balki “to’rtinchi xokimiyat” vakillarining kasb bayrami sifatida nishonlanadi. Mazkur sananing ayrim tadbirlarida eng yaxshi yozuvchilarga mukofotlar beriladi


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan