SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
8910111213
15161718192021
22232425262728
293031    
Belgiyalik dramaturg Moris Moterlik tavallud topgan kun
1862-08-29

Moris meterlik 1862 yilning 29 avgust kuni Belgiyaning Gent shahrida badavlat xonadonda tug’ilgan.   Uning otasi notarius edi, onasi zodagon yuristning qizi bo’lgan. Bolakayga Moris Polidar deya ism qo’yadilar. Vaqti kelib, u Moris Polidar mari Bernar Meterlink-belgiyaliklarning faxriga aylangan dramaturg va hikoyanavis bo’lib yetishadi. Moris iyezuitlar kollejida tahsil oladi. Bolakay avval boshdan adabiyotga, she'riyatga qiziqadi, ammo ota-onasining universitetida huquqshunoslik yo’nalishida o’qishini talab  qilishadi. 1985 yilda universitet diplomini olgan Moris huquqshunoslik sohasida malakasini oshirish uchun Parijga yo’l oladi, ammo uning bu muazzam shaharda o’tkazgan olti oy vaqti to’la-to’kis adabiyotga bag`ishlanadi. U Parijda shoirlar -Stefan Mal va Vilye deadanlar bilan tanishishga muvaffaq bo’ladi. Dekadentlik oqimiga mansub yozuvchi Joris Karl Gyuismansning maslahatiga amal qilib, XIV asr flamand mistikasi namoyandalaridan biri bo’lgan Yan van Rausbrukning “Ma'naviy nikohning bezagi” kitobini o’qib chiqadi. Mazkur kitobni 1891 yilda Fransuz tiliga tarjima ham qiladi. Gentga qaytib kelgach, Meterlink yurist bo’lib ishlash bilan birga adabiyotda ham uzoqlashmaydi. 1866 yilda Parijda chiqadigan “Pleyada” jurnalida uning “Begunohlarning o’ldirilishi” hikoyasi bosilib chiqadi. Oradan uch yil o’tib, uning bir yo’la ikki kitobi -“Issiq xonalar” she'riy to’plami va “Malika Malen” ertak -pyesasi bosilib chiqadi. Mazekr sahna asrlari nufuzli fransuz tanqidchisi Oktav Mirbo o’zining “Figaroda”da bosilgan taqrizida “Malika malne” “noyob asar”, deya baho beradi, uning muallifini esa Shekispirga tenglashtiradi. Mashhur tanqidchining bu qadar yuksak e'tirofi Meterlinkka kuchli ta'sir qiladi va oqibatda u huquqshunoslikni tark etib o’zini butunlay adabiyotga bag’ishlashga ahd qiladi. 1890 yilda e'lon qilingan “Taklif etilmagan ayol” pyesasi dramaturg o`lim va yolg`izlik mavzusidagi ilk asaridir. Adibning keyingi “Ko`rlar” pyesasida ham bu mavzu qalamga olinadi. 1891 yilda adibning “Yetti malika” ertagi paydo bo`ldi.  Unda yetti malikani o`lim uyqusidan zarur bo`lgan shaxzoda haqida qilinadi. Shahzoda o`z vaqtida yetib keladi va barcha malikalarni qutqaradi, ammo o`z sevglisini qutqara olmaydi. 1892 yilda e'lon qilingan “Peleas va Melisandra”  dramasida oxirgi voy bo`lib yakun topgan jinoiy ehtiroslar tarixi salamga olingan. Darvoqe, aynan mana shu nomda 1902 yilda Krol Debyussining operasi ham paydo bo`lgan. 1894 yilda dramaturg qo`g`irchoq teatlari uchun uchta asar yaratadi. Bular “Oloviddin va Palomid”, “Ana, ichkarida” va “Tentajilning o`limi” pyesalaridir. Dramaturgning qo`g`irchoq teatirlariga murojat qilishining boisi - Jonli aktyorlardan  farqi o`laroq. Qo`g`irchoqlarning ramzlar roliga ko`proq mos kelishi edi. U aktirisa va qo`shiqchi Jorjeta Leblan bilan yigirma uch yil birga yashaydi. Leblan irodasi baquvvat, o`qimishli ayol edi. U Meterlikning ham kotibasi, ham teatr ishlari bo`yicha vakili bo`lish bilan birga. Uning vazifasi adibning xotirjamligini ta'minlash va begonalardan asrab -avaylash edi. 1896 yilda dramaturg Parijga ko`chib ketadi. Bu yillarda Meterlink bir qator esse va traktatlar yaratadiki,  bu kichik asarlar adibning “Shikastanafslar xazinasi”, “Donolik va taqdir” asalarilar hayoti” to`plamlaridan joy oladi. “Asalarilar hayoti”da muallif bu noyob eonzotning faolligi va insoning fe'l-atvori o`rtasidagi o`xshashlikni tadqiq qilgandek bo`ladi. 1908  yilda ilk bor Stanislavskiy tomonidan Moskva Badiiy teatrida sahnaga olib chiqilgan “Ko`k qush” pyesasi meterlinkning eng mashg`ur asari hisoblansa ajab emas. Ushbu sahna asari London Parij va Nyu-York teatirlarida ham o`ynalgan. Unda muallif o`zining 1890 yillarda yaratgan asarlaridagi ramizli ertak yo`lidan boradi va shuni alohida ta'kidlash joizki, pyesa nafaqat ertak fantaziyalari balki kinoya hamda qochirimlarga boyligi bilan ham shuhrat qozongan. 1911 yilda Shvetsiya akademiyasi Meterlikni “Keng qirrali adabiy faoliyati. Ayniqsa, tassavur ko`lami hamda she'riy fantaziyasi boyligi bilan alohida ajralib turuvchi dramatik asarlari uchun” adabiyot sohasidagi Nobel mukofoti bilan taqdirlashga qaror qildi. Shvetsiya akademiyasi vakili Virsen o`z ma'ruzasida dramaturgning “Aglavenna va Selizetga” asariga alohida urg`u beradi. Meterlinkning o`zi hastaligi sabab mukofotni topshirish tadbirida ishtirok eta olmaydi. Mukofotni Belgiyaning Shvetsiyadagi elchisi Charlz Vauterega topshiradilar. Shu yillarda uning Leblan bilan munosabatlari buzuladi va ular urushdan keyin ajrashishadi. 1919 yilda Adib “Ko`k qush” asarida rol ijro etgan aktrisa Rene Daonga o`ylanadi. Umrining so`ngi yillarida ko`proq maqolalar yozish bilan mashg`ul bo`ladi. 1927 yildan 1942 yilgacha bo`lgan davr mobaynida uning o`n ikki tomlik asarlari nashr etiladi. 1939 yilda natsistlar Germaniyasi butun Yevropaga tahdid qila boshlagach, Meterlink Portugaliya diktatori Antonino Salazar shafeligi ostida shu mamlakatga ketishni ma'qul topadi, vaqti kelib, Portugaliya ham Gitler bosqiniga duch kelishi xavfli paydo bo`lgach, esa AQShga borishga qaror qiladi. Ular butun urush davomida okean ortida yashaydilar va o`zlarining Nitssadagi xos uylariga 1947 yilda qaytib kelishadi. Adib 1949 yilning 6 may kuni yurak xurujidan vafot etadi. Meterlink nufuzli Nobel mukofotidan tashqari, Glazgo universitetining faxriy doktorligi, Portugaliyaning yakov qilichi ordenlariga sazovor bo`lgan. 1932 yilda belgiya qiroli dramaturgga graf unvonini bergan. Meterlikning sahna asarlari haligacha dunyoning turli mamlakatlari teatirlari repertuarlaridan joy olib kelmoqda. Uabsurd teatr san'atining ilk asoschilaridan biri hisoblanadi.  Uning pyesalari ,ayniqsa, Semyuel Bekket ijodiga katta ta'sir ko`rsatgan. “Meterlink hech narsaga chaqirmaydi va hyech qanday hukm ham chiqarmaydi, - deb yozgan edi 1967 yilda adabiyotshunos Joanna pataki Kozoff uning sa'nati hech qachon targ`ibotga aylanmaydi.. chunki ular fundamental qadriyatlarga asoslangan va siyosatu ruhiyatdan holi turadi.Tanqidchi Vettina Knap o`zining “Moris Meterlink” monografiyasida ta'qidlashicha, adibning tez-tez ertak janiriga murojat qilishiga sabab ertak ijtimoiy fikrining eng chuqur va eng oddiy ifodasi, u insoning xissiyotlar uyg’otadi.

 Ma'lumot:Nobel mukofoti sovrindorlari. Toshkent. 2011.

 

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan