
16 yanvar – “Muz quyuvchilar” kuni.
Bu kuni hamma muz quyuvchilar, ya’ni katta muz sahna ishchilari, ko‘cha chetlarida bolalarga muz sirpanchiqlari quyuvchi havaskorlar o‘zlarining kasb bayramlarini nishonlaydilar. Aynan shu kuni 1901 yilda tug‘ilgan amerikalik muhandis resurfeyser-sirpanchiqlarda muzni qayta tiklaydigan kombaynni (ixtirodan oldin qo‘lda qilinar edi) yaratgan Frenk Zambonining aynan tavallud kunida nishonlanadi. Barcha muz sahnalarda asosiy nazar sportchilarga qaratiladi. Ammo sportchilarning namunali chiqishi uchun ularning mahoratigina emas, balki musobaqa o‘tish sharoitlari va aynan muz ham katta ahamiyatga egadir. Figuristlarning chiqishi yaxshi ko‘rinishi uchun muz qatlamining tekisligi va silliqliga ahamiyatli, bunda muz qoplovchilarning mehnati katta. Ammo bu insonlar doim chekkada turadilar va ular tomoshabinlar olqishini orqadan eshitadilar. Ko‘pinchi muz qoplovchi kasbini avvalgi sportchilar egallashadi, chunki ular bu ishning nozik qirralarini yaxshi bilishadi. Ba’zida mutaxassisligini o‘zgartirgan muhandis va quruvchilar ishlashadi. Muz qoplovchilarning ish rejasi juda murakkab. Musobaqalar o‘tkazilishi paytida muz ertalabki soat yettilarda, birinchi mashqlarga tayyor bo‘lishi kerak. Katta musobaqalar paytida muz qoplovchilar navbatma-navbat tongdan tungacha ishlaydilar. “Muz qaynatish” ishi juda murakkab bo‘lib, u yetti kun davom etadi. Oldin sahna tubidagi beton plitalar uy haroratidan 0ga, sekin-asta minusga tushiriladi. Bu ish bir necha kun davom etadi. Beton tozalanib, yuvilgandan so‘ng shlang yordamida quyish boshlanadi. 1,5-2 santimetr qalinlikka kelganda muz bo‘yaladi. Figuristlarning mashq qilishi uchun muz kulrang bo‘lishi kerak. Shuning uchun oldin oq rangli, keyin kulrang bo‘yoqqa bo‘yaladi. Bo‘yoqdan keyin yana suv quyiladi, so‘ngra yondiriladi, plitaning harorati ko‘tariladi, maxsus kombayn yurgizilib muz qatlamdan ortiqcha tuz va havo pufakchalari chiqishi uchun bosiladi. Keyin muzning oxirgi qatlami yotqiziladi. Xokkey va figurali uchish uchun tayyorlanadigan muz qatlami bir xil bo‘ladi. Bugungi kunda sportchilar, ularning murabbiylari va muz ustida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarning ishqibozlari muz qoplovchilarni kasb bayramlari bilan tabriklab, ularni sportdagi g‘alabalariga qo‘shayotgan hissalari uchun minnatdorchiliklarini bildirishlari kerak.