SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272930
O’zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti tashkil topgan kun
1937-07-29

O’zbekiston “Shoyi” ilmiy tadqiqot instituti - ipakchilik sohasidagi ilmiy muassasa. “O’zbek ipagi” uyushmasi tarkibiga kiradi. Marg’ilon shahrida joylashgan. Pilladan ajratib olingan ipak hom ashyosini, ipak mahsulotlari va ipakni qayta ishlash jarayonidagi chiqindilarni qayta ishlashning texnalogik, iqtisodiy, me'yoriy va tashkiliy muammolarini o’rganadi. 1937 yil 29 iyulda Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1958 yilda hukumat qarori bilan ipakchilik rivojlangan Marg’ilon shahriga ko’chirildi. Institut tarkibida besh ilmiy labaratoriya mavjud. (Pillakashlik, iqtisodiy, me'yoriy izlanishlar, chiqindilarni qayta ishlash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, tabiy tolalarga dastlabki ishlov berish) va ipak mahsulotlarini sertifikatsiyalash markazi faoliyat ko’rsatadi. Toshkent shahrida filiali bor. Institut olimlari tomonidan Toshkent toqimachilik mashinalari maxsus konstruktorlik byurosi bilan hamkorlikda bir qator pillakashlik mashinalari tizimi (SKE-4VU; KZ-150 SHL va boshqalar), tehnologik uskunalar (SMM-6, MK-1; RK-U va boshqalar), yaratildi va ishga joriy etildi, 42 ixtiro uchun mualiflik guvohnomalari olingan. Institut faoliyati  E. B. Rubinov, M. Mirzarahmetov, A. B. Novinkov, M. Sh. Mirqosimov, F. Q. Qo’qonboyev, O. A. Oxunboboyev, G. A. Rahimjonov, G. N. Valiyev G. G. Asrorov kabi olimlar faoliyati bilan bog’liq. Institut ilmiy to’plamlar nashr etadi. Pillachilik va ipakchilik bo’yicha boy ilmiy kutubxonaga ega.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan