Muhammadjonov Shomag‘mud Shohodiyevich (1954.27.04, Toshkent) - miniatyurachi rassom, kitobat
san'ati ustasi. O’zbekiston BAakad. (1997). O’zbekiston xalq rassomi (2001).
Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1974). O’zbekiston
FA Sharqshunoslik intida rassom. 1970-yillarda Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot
muzeyida prof. Ch.Ahmarov va H. Sulaymonlardan rassomlik va miniatyura san'atini
o’rgandi. Sharq miniatyurasi va kitobat san'ati sohasida chuqur izlanishlari
natijasida qadimgi qog’oz tayyorlash usuli va sahifa bezagining abri bahor
turini qayta tikladi, miniatyura sohasida samarali ijod qilmoqsa. O’rta asr
Sharq miniatyurasiga oid chuqur bilim va akademik dastgohni rangtasvir
malakalari Muhammadjonov Shomag‘mudning O’ziga xos badiiy uslubining shakllanishini
ta'minladi: qiyofa, vaziyat, imo-ishoralar, ranglarning ramziy ma'nolari orqali
qahramonlarining ruhiy holatini aks ettiradi, miniatyura san'atining an'anaviy
tizimiga zamonaviy muallifning o’ziga xos badiiy tafakkurini ham singdiradi.
A.Qodiriyning «Mehrobdan chayon» asariga rasmlar (1974, Toshkentdagi Adabiyot
muzeyida), Sharq adabiyoti (Firdavsiy, Nizomiy va boshqa asarlari) mavzuida lokli
miniatyura namunalarini yaratdi (1983-1984, Amaliy san'at muzeyida). Kitobat
san'ati usulida «Navoiy lirikasi» to’plami (1983, Yaponiyada), «Kalila va
Dimna» asari boblari bo’yicha 2 ta (1985, 1991; Metropoliten muzeyida), Muhammadjonov
Shomag‘mud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asari (1985, O’zbekiston
tarixi muzeyida), «Temur tuzuklari» (1991) qo’lyozma nusxalarini tayyorladi.
«Ipak yo’li hikoyalari» asarlar turkumi (1999) va boshqa asarlari mashhur.Muhammadjonov Shomag‘mud asarlari respublika va
chet mamlakatlardagi (jumladan, Eron, 1998, 2000; Turkiya, 1999) ko’rgazmalarda
namoyish etilgan. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
«Shuhrat» medali bilan mukofotlangan (1996).