SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Xalqaro iqlimni saqlash kuni
1992-05-15

15 mayda dunyo jamiyati xalqaro iqlimni saqlash kunini o’tkazadi. Bu norasmiy ekologik bayramni ta'sis qilishga meteorologlarning hozirgi va kelajakdagi avlodlar farovonligi manba'i bo’lmish iqlimni asrashga chaqirig’i turtki bo’ldi. Iqlimni saqlash-insoniyat oldida turgan dunyo miqyosidagi muammolarning biri. Globallashish, atmosfera  qatlamida ozon miqdorining  o'shishi,  tabiatdagi keskin o‘zgarishlar, sayyorada  ob-havo sharoitlarining  o‘zgarishi - bu  hammasi Yerda iqlimni yomonlashishiga olib kelyapti, natijada, odamlarning oziq-ovqatiga, hayotiga va mulkiy  havfsizligiga salbiy ta'sir etyapti. Yer haroratining oshib borishi  iqlimning halokatli o‘zgarishi qanchalik tez kelishi  savoliga zamonaviy  fanlar javob qila olishmaydi. Sayyorada orqaga qaytmaydigan iqlimiy  o‘zgarishlarga olib keluvchi asosiy muammolardan biri- atmosferaga to‘yingan issiqxona gazlarining ko‘tarilishi. Birinchi marta bu ko‘rinish1992 yilda Rio-de-Janeyroda Yer sammitida ko’rib chiqilgan. Dunyoning 180 dan ortiqroq mamlakatlari vakillari BMT iqlimni o‘zgarishlar  haqidagi konvensiyasini  (RKIK) imzolashdi. Bu kelishuv davlatlarning atmosfera sathida  issiqxona gazlarini barqaror qilishga yo‘naltirilgan harakatlarning umumiy prinsiplarini aniqladi. 1997 yili oxirida Kioto (Yaponiya) da RKIK a'zolari uchinchi konferensiyasida, konvensiyaga qo‘shimcha, mashhur Kioto protokoli - xalqaro hujjat qabul qilingan edi. Bu hujjat rivojlangan va o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlariga  issiqxona gazlari chiqindilarini 2008-2012 yillarda 1990 yilga nisbatan qisqartirish yoki barqaror qilish majburiyatini qo’ydi.  10 yil o‘tgach,   2007 yili dekabrda,  Balida (Indoneziya) yana bitta iqlimni o‘zgartirishlar savollariga bag‘ishlangan BMT anjuman bo‘lib o‘tdi. Uning qatnashchilari-190 dan ortiqroq  davlatlar vakillari- xalqaro kelishuv imzolashdi. Iqlimni asrashga hamma o’z hissasini qo’shishi mumkin, bu murakkab emas. Buning uchun, masalan, avtomobildan kamroq foydalanish, xonadonda energiya saqlovchi yoritish manba'laridan foydalanish, daraxtlar o’tkazish  va ko‘kalamzorlikni qo‘riqlashda qatnashish mumkin.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan