SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829
Prezident kubogi xalqaro turnirining ochilish marosimi bo’lib o'tgan kun
2002-09-10

2002 yil 10 sentyabr – “O’zbekiston” sport majmuida tennis bo’yicha Prezident kubogi xalqaro turnirining ochilish marosimi bo’ldi. Tennis 1896 yil Olimpiada o’yinlari dasturiga kiritilgan. O’zbekistonda tennisga o’xshash o’yinlar qadimdan o’ynalgan. Xususan, “bir tayoq” xalq o’yinida tennisga xos jihatlar mavjud. Zamonaviy tennis O’zbekistonga 20-asrning boshlarida kirib keldi. Mamlakat miqyosidagi musobaqalarda V.Pushkarev, Sh. Chebatarev, S.Obidov, R.Yalalova kabi tennischilar muvaffaqiyatli qatnashib, sport ustasi talabini bajarishdi. Respublikamizda tennis 20-asrning so’nggi 10 yilligidan boshlab keskin rivojlandi. Mustaqillikka erishgan O’zbekistonning deyarli hamma shaharlarida zamonaviy tennis kortlari bunyod etildi. Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Namangan, Andijon shaharlaridagi bu sport inshootlarida tennischilar va tennis muxlislari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. 1992 yilda O’zbekiston federatsiyasi tuzildi va o’sha yili ITF a’zoligiga qabul qilindi. 1994 yildan O’zbekiston Devis kubogi musobaqalariga qo’shildi, tennischilarimiz Osiyo o’yinlari, qit’a chimpionatlari, olimpiada va boshqa xalqaro musobaqalarda ishtorok eta boshladilar. Toshkentda professional tennischilar o’rtasida “Prezident kubogi” xalqaro musobaqasining o’tkazilishi (1994 yildan) O’zbekistonda bu sport turini boshlab berdi. 1996 yilda Toshkentda ayollar o’rtasida Chellenjer musobaqalariga asos solindi va u WTA turkumidagi musobaqalar orasidan joy oldi.Viloyat markazlarida ham F’yuchers, Chellenjer musobaqalari o’tkazila boshlandi. 1997 yildan rahbar havaskor tennischilar o’rtasida “Havas” musobaqalarining boshlanishi tennisning yanada ommalashuvida muhim rol o’ynadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan