SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
26272830  
Hindistonda Ratxa-Yatra( Djagannatxa xudosining ikki g'ildirakli jang aravasi)
0000-06-29

Ratxa-Yatra (Ratha Yatra, so’zma-so’z - "jang aravalari namoyishi") - Krishna-Vishna shakllaridan biri bo’lgan Jagannatxa xudosining ehromdan, ulkan  ikki g’ildirakli jang aravasida olib chiqish har yillik diniy bayrami. Bayram Ashadxa (iyun-iyul) oyida nishonlanadi. Bayramning eng muhim joyi Oriss shtati  poytaxti  Bxubaneshvarga  yaqin joylashilgan Puri (Puri) shahridagi Jagannatx  (Jagannath) ibodatxonasi.  Ratxa-Yatra Krishna xudosining Gokuldan  Matxuraga sayohati ramzidir. Afsonaga ko’ra, Jagannatx xudosi  bir kuni  o’zining tug’ilgan joyi -  "Gundicha Gxar" ni har yili borib ko’rmoq  istagini bildirdi. Boshqa afsonaga ko’ra, uning singlisi Subxadra ota-onasining uyi - Dvarakni ko’rib kelishni xohlagan edi, shuning uchun ikki  akasi Jagannatx va Balarama uni u yoqqa  olib borib qo’yishdi. "Bxagavata-purana" ga ko’ra, shu kuni  Krishna  va Balarama Matxuraga  Kansa podshosining  taklifnomasi bo’yicha,  musobaqada qatnashish uchun  jo’nashgan.  Bayram kunida uchta - bittasi sariq va ikkitasi – ko’k ranglarda - ulkan jang aravalari, ehrom oldida to’xtatiladi  va  Jagannatx, uni akasi Balaram singlisi Subxadra haykallari tegishli aravalarga joylashtiriladi. Yuzlab odamlarni aravalarga ko’shishadi  va ularni butun shahar orqali olib yurishadi. Ilohlarning aravalari orqasidan kichikroq aravalarda ziyoratchilar, akrobatlar va gimnastikachilar borishadi. Bayramda odatda 200 mingdan ortiqroq kishi yig’iladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan