SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
101113141516
17181920212223
24252627282930
Musaxonov Mirzayusuf Mirzamuhamedovich tavallud topgan kun
1943-09-10

Musaxonov Mirzayusuf Mirzamuhamedovich  (1943.10.9, Toshkent) - fizik olim, O’zbekiston FA akademigi (1995), fizika  - matematika fanlari doktori (1982), professor (1982). Moskva universitetini tugatgan (1967). Toshkent universiteti (hozirgi O’zbekiston milliy universiteti) nazariy fizika kafedrasi mudiri (1982 yildan). Ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga, asosan , kvant xromodinamikasi (KXD) ga oid. Uning rahbarligida kichik impulsli pionlar usuli asosida pionlar va oz zarrali nuklonlar sistemasining o’zaro ta'siri uchun yangi ko’p martali sochilish nazariyasi ishlab chiqildi , KXD ning kiral xossalarini hisobga oladigan yangi kvark modeli  - kiral begmodeli taklif qilindi. Kiral kvark modellari ; kvantlangan maydonlar nazariyasi; nuklonlar uchun kilar nazariya; kichik energiyali soha uchun KXD ning effektiv ta'siri va boshqalar ishlab chiqildi. Ular asosida KXD dagi fizik jarayonlar ilmiy izohlab berildi. Beruniy nomidagi О'zbekiston Davlat mukofoti laureati (1983).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan